Har kuni OLX.uz da moderatsiyadan o‘tuvchi minglab shaxsiy e‘lonlar joylashtiriladi. Shunga qaramay, xatolardan qochib bo‘lmaydi, saytda ham unda bo‘lmasligi lozim bo‘lgan e‘lonlar paydo bo‘lishi mumkin.
Agar siz noto‘g‘ri bo'lim/kategoriyada joylashtirilgan yoki qaysidir boshqa sabablarga ko‘ra sayt uchun nomuvofiq bo‘lgan e‘lonlarni aniqlasangiz, iltimos, ular haqda bizga xabar bering. Buning uchun har bir e‘lonning pastgi o‘ng tarafida joylashgan “Shikoyat” tugmasidan foydalaning. Sizning xabaringizni olganimizdan so‘ng biz e‘lonni yana bir marta tekshiramiz va agar u saytda bo‘lmasligi lozim bo‘lsa, uni o‘chiramiz.
Shikoyat turlari:
- Sotuvchi ma‘lumotlari noto‘g‘ri: agar e’londa noto‘g‘ri aloqa ma‘lumotlari ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki kompaniya/agentliklar o‘zini jismoniy shaxs sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lsa - ushbu shikoyat turini tanlang.
- Tovar/xizmat bilan muammo: agar e’londa servisda taqiqlangan tovar va xizmatlar, qalbaki tovar ko‘rsatilgan bo‘lsa, hayvonlar noqonuniy holda sotilayotgan bo‘lsa - ushbu shikoyat turini tanlang.
- Chalgʻituvchi eʼlon (firibgarlik emas): agar e’lonning toifa/kategoriyasi, narxi, joylashuv manzili xato ko‘rsatilgan bo‘lsa, fotosuratlar mos kelmayotgan bo‘lsa, tovar sotilib bo‘lgan bo‘lsa, e’lon dublikat bo‘lsa yoki e’lon egasi tovar sotib olishi haqida ma’lumot ko‘rsatgan bo‘lsa - ushbu shikoyat turini tanlang.
- Firibgarlik: agar firibgarlik qurboniga aylangan bo‘lsangiz yoki firibgarlikni gumon qilayotgan bo‘lsangiz - ushbu shikoyat turini tanlang.
- Haqorat, kamsitish, yalang’och tana tasviri: agar zo‘ravonlik, haqorat, nafrat uyg‘otuvchi, kamsituvchi yoki jinsiy mazmundagi ma’lumot ko‘rsatilgan bo‘lsa - ushbu shikoyat turini tanlang.
(!) E‘tiboringizni quyidagiga qaratamiz: agar siz firibgarlik haqida yoki sizning mualliflik huquqlaringiz buzilganligi (suratlarga, savdo belgisiga, matnga va boshqalarga nisbatan) haqida xabar bermoqchi bo‘lsangiz, iltimos Telegram bot @OLXYordamBot orqali sayt ma‘muriyati bilan bog‘laning. Agarda siz - biz uchun muhim deb hisoblaydigan har qanday ma'lumotga ega bo'lsangiz, iltimos, shikoyat tavsifida ushbu ma'lumotni yozib qoldiring.
Iltimos, ma‘muriyatga xatda foydalanuvchining firibgarlik harakatlarining to‘liq isbotlovchi, (shu jumladan – chekning skanerdan o‘tkazilgan nusxasi yoki rasmini, firibgarning hisob raqamlari, shaxsiy ma‘lumotlari, telefon raqamlari va boshqa ma‘lumotlar bilan) bitimingiz tavsilotlari, yozishmalaringizni taqdim eting. Mazkur ma‘lumotlar firibgarning keying noqonuniy harakatlarini oldini olishga yordam beradi va bu bilan sayt xavfsizligini oshiradi.
❗Agar muammoingizni hal qila olmasangiz - bizga telegram bot orqali murojaat qiling!
Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:30 — 18:00.