Desktop:
Foydalanuvchi joylashtirilishi mumkin boʻlgan eʼlonlar limitiga yetganida bu haqda Profil orqali maʼlumot beriladi.
Bu xabarnoma ruknda joylashtirilishi mumkin boʻlgan bepul eʼlonlar soni ishlatilib boʻlinganida beriladi. Masalan, Ish ruknida 5ta eʼlon bepul joylashtirilishi mumkin boʻlsa,5-eʼlonni joylashtirishingiz bilan mazkur xabarnomani olasiz.
Agar joylashtirilishi mumkin boʻlgan bepul eʼlonlar sonini oshirmoqchi boʻlsangiz,eʼlonlar toʻplamini xarid qilishingiz kerak boʻladi.Har rukn uchun belgilangan bepul eʼlonlar soni va xizmatlar narxi individual ravishda oʻrnatilgan.Eʼtibor bering: Toʻplamlar jamlanadi, bir nechta toʻplamlarni bir vaqtning oʻzida xarid qilish mumkin.
Eʼlonlar toʻplamini xarid qilish uchun:
1. Tafsilotlar tugmasiga bosing. Bunda bepul eʼlonlar soni tugagan ruknlar roʻyxati ochiladi hamda foydalanishingiz mumkin boʻlgan bepul eʼlonlaringiz soni haqida maʼlumotnoma ochiladi,masalan:
2. Toʻplamni xarid qiling tugmasini bosing, oʻzingiz uchun mos toʻplamni tanlang va Xarid qilish tugmasiga bosing, toʻlov shaklini tanlab, Toʻlash tugmasini bosing:
❗ Agar muammoingizni hal qila olmasangiz - bizga telegram bot orqali murojaat qiling!
Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:30 — 18:00.