Pullik xizmat qo'llanilganiga qaramay, e’lonim saytda ko'rinmayapti

E‘loningizni, unga pullik xizmat qo'llanilganidan so‘ng saytda ko‘rmasangiz, o‘z brauzeringizdagi kesh (brauzerning vaqtinchalik xotirasi)ni yangilang va F5 tugmasini bosing.

Siz e‘loningizni saytda ko‘rmasligingizni quyida ko'rsatilgan bir nechta sabablari bo‘lishi mumkin:

  • E‘lon moderatsiyada.
  • Agarda pullik xizmat qo'llanilgan e'lon yaqinda berilgan bo'lsa yoki yaqinda o‘zgartirilgan bo‘lsa, u faqat ma‘lum vaqt o'tgandan so‘ng, moderator tomonidan tekshirilgandan kegin saytda paydo bo‘ladi.
  • “Top e‘lon” xizmati to‘lov tasdiqlanganidan so‘ng bir soat ichida yoqiladi.
  • E'loningiz xatolar bilan berilganligi sababli rad etilgan bo'lishi mumkin. E‘longa talab qilingan o‘zgartirishlarni kiritish kerak bo'ladi. Agarda profilingiz elektron manzilga(e-mail) ochilgan bo'lsa, ushbu manzilga xabarnoma keladi. Agar ushbu xabarnoma kelmagan bo'lsa elektron manzilning "Спам / Рассылки" bo'limlarini tekshirib ko'ring.
  • E‘lon sayt ma‘muriyati tomonidan o‘chirilgan bo'lishi mumkin.

Pullik xizmatlarni qo'llash e‘longa nisbatan alohida munosabatni kafolatlamaydi - agarda ushbu e‘londa E'lon joylashtirish qoidalari buzilgan bo'lsa, noto'g'ri bo'limda joylashtirilgan bo'lsa, shuningdek, agar bizning taxminimizga va OLX foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra e'lon mazmuni nomuvofiq bo‘lsa - e‘lon o‘chirilishi mumkin.

Agar e'loningiz OLX.uz qoidalari va umumiy tamoyillariga mos kelishiga amin bo'lsangiz, lekin ushbu e'lon biz tomondan olib tashlangan bo'lsa, iltimos, bizga xabar bering.

 

❗ Agar muammoingizni hal qila olmasangiz - bizga telegram bot orqali murojaat qiling!

Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:30 — 18:00.