"Ko‘tarish" xizmati e'lon joylashtirilgan sanani ushbu xizmat qo‘llanilgan sanaga yangilaydi. E'lon joylashtirilgan sana esa, oʼz navbatida, quyida ko‘rsatilgan saralash turlariga qarab, e'lonni umumiy ro‘yxatda ko‘rinishiga ta'sir qiladi:
- "Eng yangi" saralash turida — e'lon bir marta bo‘limdagi e'lonlar umumiy ro‘yxatining boshiga koʻtariladi va mazkur bo‘limga boshqa foydalanuvchilar tomonidan yangi e'lonlar joylashtirilgani sayin pastga tushib boradi;
- "Tanlangan" saralash turida — e'lon xaridorga ko‘rsatilishi ehtimolini oshiradi.
"Ko‘tarish" xizmatini qanday qo‘llash mumkin?
Har bir faol e'londa Koʻtarish tugmasi mavjud. Qaysi e'longa "Ko‘tarish" xizmatini qo‘llamoqchi bo‘lsangizm, o‘sha e'londa Koʻtarish tugmasini bosing.
Shuningdek, “7 marta koʻtarish” xizmatini ham qo‘llash mumkin. Ushbu xizmat “Ko‘tarish” kabi ishlaydi, faqat 7 kun davomida har kuni xizmat qo‘llanilgan payt e'lon joylashtirilgan sanani yangilaydi. Masalan, ushbu xizmat 22-mart soat 17:35 da qo‘llanilgan bo‘lsa, 28-martga qadar har kuni soat 17:35 da e’lon joylashtirilgan sanani yangilaydi. “7 marta ko‘tarish” sanalarini profilda ushbu xizmat qo‘llanilgan e’londagi “Reklama qilinyapti” belgisiga bosish orqali ko‘rish mumkin.
“7 marta koʻtarish” xizmatini qoʻllash uchun, qoʻllanishi kerak boʻlgan e'londa Reklama qilish tugmasini bosing, "7 marta koʻtarish" xizmat turini tanlab Toʻlash tugmasini bosing.
"Ko‘tarish" xizmati "Tezkor savdo" va "Turbo savdo" xizmatlar toʻplamiga ham kiradi.
❗ Eʼtibor bering:
- barcha pullik xizmatlar moderatsiya tomonidan e’lon tekshirish vaqtini hisobga olmagan holda 10-15 daqiqa ichida qo‘llaniladi;
- “Ko‘tarish” xizmati e’lonning amal qilish muddatini uzaytirmaydi, u har doimgidek 30 kunni tashkil qiladi. Agarda e’loningizni amal qilish muddati pullik xizmatning amal qilish muddatidan kamroq bo‘lsa, e’loningiz amal qilish muddati tugaganidan so‘ng - profilingizga kirib e’lonni qayta faollashtirishingiz kerak (albatta, agar tovaringiz hali sotilmagan bo‘lsa, yoki taklif qilinayotgan xizmatlaringiz kuchga ega bo‘lsa). E’loningzini faollashtirmasangiz qo‘llangan pullik xizmat o‘z ishini bajara olmaydi. E’lon nofaol bo‘lgan vaqt davomida mablag‘lar qayta hisoblab chiqilmaydi;
- “Tanlangan” saralash turida — tizim tahlil qilgan holda foydalanuvchi uchun aktual e’lonlarni o‘zi taklif qiladi. Tizimning tanloviga biz ta’sir qila olmaymiz.
❗ Agar muammoingizni hal qila olmasangiz - bizga telegram bot orqali murojaat qiling!
Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:30 — 18:00.