OLXuz servisi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa Telegram bot orqali bizga murojaat qiling.
Buning uchun:
1. Telegram qidiruv maydonida olxyordambot botini izlang yoki ushbu havola https://www.t.me/OLXYordamBot orqali botga kiring.
2. Start tugmasini bosib botni yoqing, xizmat ko‘rsatish tilini tanlang, ismingizni va telefon raqamingizni ko‘rsating.
3. “Bizga yozing” tugmasini bosib murojaatingizni qoldiring. Xizmat ko‘rsatish tilini rus tili deb tanlagan bo‘lsangiz ushbu tugma “Напишите нам” deb nomlangan bo‘ladi. Agarda murojaatingizda rasm/skrinshot yoki boshqa faylni yuborishingiz kerak bo‘lsa - skrepka tugmaisini bosing, kerakli fayllarni tanlab yuborish tugmasini bosing.
Murojaatingizni tezroq hal qilishga yordam beradigan kerakli ma‘lumotlarni ko‘rsatishni unutmang:
- Profilingizning ID raqamini yoki profilingizni ochishda ishlatgan telefon raqami/elektron pochta manzilini, e’lon ID raqamini va boshqa kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni
- Agarda OLX hisobingizga pul tashagan bo‘lsangiz va ular hisobingizga tushmagan bo‘lsa - to‘lov cheklarining rasmini yoki skrinshotini yuboring.
❗️Mutaxassislarimiz har kuni 9:30 dan 18:00 gacha ishlaydi. Murojaatingizga javob ish kunlari 24 soat ichida va dam olish kunlari (shanba, yakshanba) 48 soat ichida keladi.