Akaunt qanday o‘chiriladi?

Akauntni o‘chirish uchun saytning yuqori o'ng burchagida joylashgan "Mening profilim" tugmasini orqali "Sozlamalar" bo‘limiga o‘ting va "Akauntni o‘chirish" bo'limiga bosing.

(!) Etibor bering! Akaunt o'chirilgandan so'ng, uni qayta tiklab bo'lmaydi!

_____________________1.png

"Akauntni o‘chirish" tugmasini bosganda akaunt o'chib ketishi haqida ogohlantiruvchi oyna chiqidi.

_____________________2.png

Ushbu oynadagi "Akauntni o'chirish" tugmasi bosilgandan so'ng sizning akauntngiz va natijada barcha joylashtirgan e‘lonlaringiz saytdan o‘chirib yuboriladi.

 

Shaxsiy ma'lumotlarni qanday o'chirish mumkin?

Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringiz OLXdan o‘chirilishini istasangiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishga rozilikni chaqirib olish to’g’risida xabarnoma bilan maxsus so‘rov yuborishingiz lozim.

Siz bunday so'rovni telegram bot orqali yuborishingiz mumkin, yoki pochta orqali ushbu manzilga yuborishingiz mumkin: O'zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Nukus ko'chasi, 46.

Bizga shaxsga doir ma’lumotlar subyekti murojaat qilayotganini tushunishimiz uchun sizdan qo'shimcha ma'lumot berishingizni so'rashimiz mumkin.

(!) E'tibor bering, ba'zi maqsadlar uchun ma'lumotlaringizni saqlashda qonuniy majburiyatimiz bo'lishi mumkin.