"Tanlangan" saralash turi haqida

2022 yil 05 iyundan boshlab OLXuz servisida e'lonlar ro’yxatini saralash filtrlariga o'zgartirishlar kiritildi va “Tanlangan” deb nomlangan yangi saralash turi qo'shildi.

Kompyuter versiyadagi ko'rinishi

mceclip2.png

Mobil ilovadagi ko'rinishi

mceclip1.png

“Tanlangan” saralash turida tizim qidiruv natijalarini quyidagilarni hisobga olgan holda beradi:

  • foydalanuvchi qidiruvda ishlatadigan kalit sozlarga mos sarlavha va tavsif;
  • manzil;
  • qidiruv amalga oshirilayotgan bo'lim;
  • yuklangan fotosurat (internetdan emas);
  • e'lonning yangiligi, uning mashhurligi va boshqa omillar.

“Tanlangan” saralash turi dastlabki sozlama sifatida o’rnatilgan, ammo uni istalgan vaqtda "Eng arzon", "Eng qimmat" yoki "Eng yangi" saralash turlariga o‘zgartirishingiz mumkin.

E'tibor bering! Ushbu turdagi saralashda, tizim tahlil qilgan holda foydalanuvchi uchun aktual e’lonlarni o‘zi taklif qiladi. Tizimning tanloviga biz ta’sir qila olmaymiz.

Pullik xizmatlar e'lonlarni "Tanlangan" saralash turida ko'rsatishga ta'sir qiladimi?

Pullik xizmatlar e'lonlarni "Tanlangan" saralash turida ko'rsatishga ta'sir qiladi, ammo e'lonlar birinchi o'rinda bo'lishiga kafolat bermaydi, chunki qidiruv natijalarini ko'rsatishda birinchi navbatda e'lonning sarlavhasi, tavsifi, ko'rsatilgan manzili, joylashgan bo'limi tahlil qilinadi. Shundan so'ng e'lonning yangiligi (e'lon joylashtirilgan sana, ko'tarishlar) va uning mashhurligi ta'sir qiladi, ushbu omillarni ko'tarishda reklama xizmatlari yordam beradi. 

Shuningdek, agar xaridor qidiruv so‘rovidan foydalanmasa, e’lonlar sana bo‘yicha ko‘rsatiladi.