Eʼlonlarga qanday reyting beriladi va saralanadi?

Eʼlonlarning turlari

Qidiruv natijalari sahifasi eʼlonlarning ikki turini oʻz ichiga oladi:

  1. Top eʼlonlar. Sotuvchilar “Top eʼlonlar” xususiyati bilan targʻib qilish uchun bunday eʼlonlarga toʻlov qiladi.
  2. Organik eʼlonlar. Bular oʻz ichiga oladi:
    1. Sotuvchilar “Yuqoriga koʻtarish” xususiyati bilan targʻib qilish uchun bunday eʼlonlarga toʻlov qiladi.
    2. Biror xususiyat bilan targʻib qilinmagan eʼlonlar.

Top va Organik eʼlonlar uchun qidiruv natijalari sahifasida uyalarning belgilangan soni mavjud. Asosan har bir 10 organik eʼlonga 3 Top eʼlon mos keladi.

OLXʼda har kuni minglab Top eʼlonlar boʻladi, shu sababli tanlov qilishga toʻgʻri keladi. Bizning algoritm:

  1. qidiruv so‘rovingizga mos keladigan eʼlonlarni aniqlaydi;
  2. qidiruv natijalarini saralaydi: sarlavha va parametrlari (masalan, joylashuv, toifa, oʻlcham, rang, brend, model va h.k.) sizning qidiruv so‘rovingizga mos kelgan e’lonlarni boshqa e’lonlardan yuqori ko‘rsatadi.

Ya’ni, nafaqat e’lon sarlavhasi, balki sotuvchi e’lonni joylashtirishda tanlagan parametrlari ham hisobga olinadi.

 

Masalan, sotuvchi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan e’lonni joylashtiradi va reklama qiladi:

  • Sarlavha: “Vecherniy koylak 40”
  • Toifa: Moda va stil
  • O‘lcham: 40

 

Qidiruv satrida "Vecherniy koylak 40" deb qidirsangiz, garchi sarlavhada "40" bo‘lmasa ham, ushbu e’lon baribir boshqa e’lonlardan yuqorida ko‘rsatiladi, chunki sotuvchi "O‘lcham" parametrida "40"ni ko‘rsatgan.

Agar algoritmga asosan Top eʼlon tanlangan boʻlsa, uni ikki marta koʻrish ehtimoli bor: bir sahifada Top eʼlon va boshqa sahifada Organik eʼlon sifatida koʻrishingiz mumkin.

Top eʼlon algoritmimizga asosan tanlanmasa, uni Organik eʼlon sifatida saqlangan uyada koʻrishingiz mumkin.

Saralash turlari

Organik eʼlonlarni 4 xil usulda saralashingiz mumkin.

Tanlangan (standart asosida tanlangan)

Bunday turdagi saralash qidiruvingizga mos keladigan eʼlonlarni koʻrsatish uchun sunʼiy intellekt algoritmi va baholash uslubidan foydalanadi. Har doim qidiruvda bu algoritm:

  • Eʼlonlar to‘plamini topadi hamda qidiruv so‘rovingizda ishlatilgan kalit so‘zlar va eʼlonlar sarlavhasi, parametrlari va tavsifi orasidagi aloqadorlikni aniqlaydi.
  • Qidiruvingizga asoslanib eʼlonlar qanchalik dolzarb ekanini baholaydi.
  • Eʼlonlarni baholaydi va ketma-ket qilib roʻyxatga saralaydi.

Mos bahoni hisoblash uchun algoritmimiz hisobga oladigan ayrim meʼzonlar keltirilgan:

  • Qidiruvga yozgan narsangiz va eʼlon sarlavhasida va izohida yozilgan maʼlumotlar orasidagi oʻxshashlik.
  • Oldingi foydalanuvchilarning eʼlon bilan oʻzaro aloqalari.
  • Eʼlon yaratilgan sana.
  • Eʼlonga “Yuqoriga olish” funksiyasi qoʻllangan sana.
  • Agar eʼlon qidiruvingizga mos toifaga tegishli boʻlsa (agar toifani tanlamagan boʻlsangiz).
  • Siz tanlagan joy va eʼlondagi joy orasidagi masofa.
  • Buyumning holati (yangi yoki ishlatilgan).
  • Sotuvchi turi (firma yoki xususiy).

Siz qidirgan toifaga bogʻliq ravishda boshqa meʼzon yakuniy mos baho oshishiga yoki kamayishiga hissa qoʻshishi mumkin.

Moslik bahosi qanchalik yuqori boʻlsa > eʼlon qidiruvingizga shunchalik mos > sizni qiziqtirishi ehtimoli yuqori > qidiruv natijalarida shunchalik yuqori koʻrsatiladi.

Bunday baholash uslubi faqat Organik eʼlonlarga taʼsir koʻrsatadi va ularni Top eʼlonlar va uchinchi tomon reklamalari uchun band qilinmagan uyalarga qoʻyadi.

Eng yangi

Bunday turdagi saralash bilan eʼlonlar OLXʼga qanchalik yaqin qoʻyilganiga qarab saralashingiz mumkin. Unga quyidagilar taʼsir koʻrsatishi mumkin:

  • Eʼlon yaratilgan sana
  • Eʼlonga “Yuqoriga olish” funksiyasi qoʻllangan sana
  • Muddati oʻtgandan keyin eʼlon qayta faollashtirilgan sana
  • Eʼlon uzaytirilgan yoki avtomatik uzaytirilgan sana

Bunday maʼlumotlarning barchasi soniyalarda hisoblanadi.

Eng arzon va eng qimmat

Bunday ikki turdagi saralash yordamida eʼlonlarni eng arzondan eng qimmatiga yoki aksincha saralashingiz mumkin. Agar ikki yoki undan ortiq eʼlonlar bir xil narxda boʻlsa, eng yangilari oldin koʻrsatiladi.

Ayrim toifalarda bunday turdagi saralash mavjud boʻlmasligi yoki boshqacha shaklda boʻlishi mumkin. Masalan, Ishlar toifasida natijalarni ish haqi taklifiga qarab saralash mumkin.

Qidiruv kengaytmalari

Agar qidiruvingiz biror natija koʻrsatmasa yoki qidiruv natijalarining oxiriga yetsangiz, biz baʼzida qidiruv kengaytmalarini qoʻllaymiz. Kengaytmalarning bir qancha turlari mavjud:

  • Sinonimlar: Siz qidirgan jumlaning sinonimini qidiramiz. Masalan, “playstation” qidirsangiz, biz “ps4” uchun ham natijalarni koʻrsatamiz.
  • Masofa: Siz tanlagan joyda barcha natijalarni koʻrsatgandan keyin boshqa joylardagi natijalarni ham koʻrsatamiz.
  • Toifa: Agar qidiruvingiz siz tanlagandan boshqa yanada mos toifada boʻlsa, biz bunday toifadagi natijalarni ham qidiramiz. Masalan, Avtomobillar toifasida “iPhone” qidirsangiz, biz Telefonlar toifasidagi “iPhone“ uchun natijalarni ham koʻrsatamiz.
  • Imlo tekshiruvchi: Qidiruvda jumlani xato yozsangiz, uni tuzatishga va tuzatilgan soʻz uchun natijalarni koʻrsatishga harakat qilamiz. Masalan, “playstatien” qidirsangiz, biz “playstation” uchun natijalarni koʻrsatamiz.
  • Soʻnggi chora: Agar boshqa barcha kengaytmalar ishlamasa, qidiruvingizga mos kelmaydigan, lekin oldin koʻrgan eʼlonlaringizga aloqador eʼlonlarni koʻrsatamiz.

Natijalarni kengaytirsak, quyidagi bannerga oʻxshash shaklda qidiruv meʼzonlarini oʻzgartirganimiz haqida har doim xabar beramiz:

mceclip2.png

Yuqorida izohlangan saralash qoidalari qidiruv kengaytmalarida ham amal qiladi. “Masofa” istisno boʻlishi mumkin. Bunday holatda siz qidirgan joyga nisbatan ularning joyi qanchalik yaqin ekaniga qarab eʼlonlar saralanadi.