1. Umumiy shartlar
1.1. OLX.UZ сhegirma Dasturi - OLX.UZ servisining faol foydalanuvchilar sonini oshirish, OLX.UZ servisi foydalanuvchilarining qulayligini oshirish, shuningdek, xizmatlarni sotish hajmini oshirish maqsadida «OLX CLASSIFIEDS» XK MChJ tomonidan “OLX” brendi ostida ko‘rsatilayotgan xizmatlarga cheksiz doiradagi shaxslar e’tiborini jalb qilishga qaratilgan reklama tadbiri.
1.2. Dastur Tashkilotchisi – «OLX CLASSIFIEDS» XK MChJ, Toshkent, Yakkasaroy tumani, Nukus ko‘chasi, 46.
1.3. Dasturning umumiy muddati: Toshkent vaqti bilan 2024 yil 4-mart 09:00 dan 5-mart 23:59 gacha. Ishtirokchi mukofotdan foydalanishi mumkin bo‘lgan muddat Qoidalarining 4.4-bandida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq belgilanadi.
1.4. Dastur O‘zbekiston Respublikasi hududida OLX.UZ servisida o‘tkaziladi.
2. Dastur ishtirokchilari
2.1. OLX.UZ servisi qoidalariga muvofiq OLX.UZ servisining foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq va muomalaga layoqatli bo‘lgan har qanday shaxs Dastur ishtirokchisi bo‘lishi mumkin (keyingi o‘rinlarda – Ishtirokchi yoki Ishtirokchilar).
3. Dasturda ishtirok etish shartlari
3.1. Dasturda ushbu Qoidalarning 2.1-bandida ko‘rsatilgan va 01.11.2023-yildan 30.12.2024-yilga qadar (ikkala sanani ham hisobga olgan holda) OLX.UZ servisida e’lon joylashtirgan yoki pullik xizmatlarni xarid qilgan barcha shaxslar ishtirok etadilar.
3.2. Garchi ushbu Qoidalarning 2.1 va 3.1-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga mos bo‘lsa ham, ammo Dastur Tashkilotchisining ma’lumotlariga ko‘ra o‘z harakatlari bilan OLX.UZ servisi qoidalari va/yoki OLX.UZ servisida o‘tkaziladigan boshqa aksiyalar shartlarini buzgan shaxslar Dastur Ishtirokchilari bo‘la olmaydilar va shunga ko‘ra, Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan Mukofotni olish huquqiga ega emas.
4. Mukofot
4.1. Ushbu Qoidalarning 2.1 va 3.1-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan Dastur Ishtirokchilari orasidan kompyuterning tasodifiy tanlab olish usuli orqali tanlangan Ishtirokchilar OLX.UZ ning pullik xizmatlarini sotib olish uchun yoki e’lonlarni pullik joylashtirishni (qo‘shimcha e’lon joylashtirish va e’lon joylashtirish to‘plamlarini) sotib olish uchun chegirma ko‘rinishida Mukofotni qo‘lga kiritadilar.
4.2. Mukofot taqdim etiladigan OLX.UZ servisi xizmatlarining turi, Ishtirokchiga taqdim etilgan chegirma miqdori, undan foydalanishi mumkin bo‘lgan kategoriya, foydalanish muddati Dastur Tashkilotchisi tomonidan kompyuterning avtomatik tanlash usulidan foydalangan holda belgilanadi.
4.3. Dastur Ishtirokchisiga Mukofot taqdim etilgan taqdirda, chegirma taqdim etiladigan OLX.UZ servisi xizmatlarining turi, tegishli toifada foydalanish uchun chegirma miqdori va undan foydalanish muddati haqida ma’lumot Ishtirokchining OLX.UZ servisidagi Shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Dastur Tashkilotchisi, shuningdek, Ishtirokchining elektron pochtasiga xabar yuborish orqali (Servisda elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tgan va Shaxsiy kabinetida tegishli sozlamalarni o‘rnatgan foydalanuvchilar uchun) va OLX.UZ mobil ilovasida Push-xabarlar yuborish orqali Mukofot taqdim etilishi haqida xabardor qiladi.
4.4. Dasturning umumiy muddati davomida Mukofotni hisoblash va Ishtirokchi tomonidan undan foydalanish muddatini belgilash Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchilarni tanlash davridan (kalendar kunidan) keyingi kalendar kuni amalga oshiriladi.
4.5. Ishtirokchining harakatlarida firibgarlik borligiga shubha tug'ilsa Tashkilotchi Mukofot berishdan bosh tortish huquqini o‘z zimmasida qoldiradi.
4.6. Mukofot faqat Dastur bo‘yicha Mukofot olish huquqiga ega bo‘lgan Ishtirokchining profilida joylashtirilgan e’lonlarga qo‘llanishi mumkin. Agar Ishtirokchi Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan talablarni buzgan bo‘lsa, Tashkilotchi Ishtirokchini Mukofotdan mahrum etish huquqiga ega.
4.7. Mukofotni faqat Dastur Ishtirokchilari olishi mumkin va u pul majburiyati sifatida ko‘rilishi mumkin emas. Mukofot olish huquqi har qanday bitimning obyekti bo‘ladigan har qanday harakatlar, operatsiyalar, kelishuvlarga ruxsat berilmaydi.
4.8. Dastur Ishtirokchilari Mukofotni rad etish huquqiga ega, shunda rad etish uchun yoki bunday rad etish natijasida hech qanday kompensatsiya berilmaydi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Dastur doirasida olingan Mukofotdan foydalanish o‘z-o‘zidan Dastur Ishtirokchisi ushbu Qoidalar bilan tanishganligi hamda ularga to‘liq va so‘zsiz rozi ekanligini anglatadi.
5.2. Ushbu qoidalar Dastur muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Ushbu Qoidalarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va ushbu Qoidalar bilan bir xil tartibda ommaga e’lon qilingan taqdirda bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar OLX.UZ servisida e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ushbu Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar/to‘ldirishlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
5.3. Dastur Tashkilotchisi istalgan vaqtda Dastur shartlarini o‘zgartirish, bekor qilish va/yoki Dastur muddatini uzaytirish huquqiga ega.