1. Umumiy shartlar
1.1. Aksiya Tashkilotchisi – «OLX CLASSIFIEDS» XK MChJ.
1.2. Aksiyani o‘tkazish muddati: Toshkent vaqti bilan 2023 yil 4 sentyabr 09:00 dan 5 sentyabr 23:59 gacha. Ishtirokchi Aksiya Mukofotidan foydalanishi mumkin bo‘lgan muddat Qoidalarining 4.2-bandida ko‘rsatilgan shartlariga muvofiq belgilanadi.
1.3. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida OLX.UZ servisida o‘tkaziladi.
2. Aksiya ishtirokchilari
2.1. OLX.UZ servisi qoidalariga muvofiq OLX.UZ servisining foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq va muomalaga layoqatli bo‘lgan har qanday shaxs Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin (bundan buyon – Ishtirokchi yoki Ishtirokchilar).
3. Aksiyada ishtirok etish shartlari
3.1. Aksiya qoidalariga muvofiq Aksiya Qoidalarining 2.1-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan va Aksiya boshlanish sanasiga qadar 3 (uch) oy mobaynida OLX.UZ-dagi profilida aktiv bo‘lgan (e’lon joylashtirgan, pullik xizmatlardan foydalangan, xabarlar yozgan va boshqa aktivlik haqida dalolat beradigan harakatlar) va Aksiya boshlanishidan kamida 60 kun oldin OLX.UZ servisida profili yaratilgan shaxslar Aksiya ishtirokchilari bo‘ladilar.
3.2. Qoidalarining 2.1 va 3.1-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob bersada, ammo Aksiya Tashkilotchisining ma’lumotlariga ko‘ra o‘z xatti-harakatlari bilan OLX.UZ servisi qoidalari va / yoki OLX.UZ xizmatida o‘tkazilgan boshqa aksiyalar shartlarini buzgan shaxslar Aksiya Ishtirokchilari bo‘la olmaydilar va shunga ko‘ra, Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan Mukofotni olish huquqiga ega emas.
4. Mukofotlar
4.1. Qoidalarining 2.1, 3.1-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan Aksiya Ishtirokchilari orasidan kompyuterda tasodifiy ravishda tanlagan g‘oliblar OLX.UZ servisining https://www.olx.uz/oz/landingbundles/ havolasida keltirilgan pullik xizmatlarini sotib olishda 70% miqdorida chegirma ko‘rinishida Mukofotni qo‘lga kiritadilar.
4.2. Aksiyaning umumiy muddati davomida Mukofotni hisoblash va Ishtirokchi tomonidan undan foydalanish muddatini belgilash Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchilarni tanlash davridan (kalendar kunidan) keyingi kalendar kuni amalga oshiriladi. Ishtirokchi Mukofotdan foydalanishi mumkin bo‘lgan muddat Aksiya Tashkilotchisining xabarnomasida ko‘rsatiladi. Agar Ishtirokchi Tashkilotchining xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatda Mukofotdan foydalanmasa, Ishtirokchi Mukofotdan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
4.3. Mukofot faqat Aksiya bo‘yicha Mukofot olish huquqiga ega bo‘lgan Ishtirokchining profilida joylashtirilgan e’lonlaga qo‘llanishi mumkin. Agar Ishtirokchi Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan talablarni buzgan bo‘lsa, Tashkilotchi Ishtirokchini Mukofotdan mahrum etish huquqiga ega.
4.4. Tashkilotchi Ishtirokchining xatti-harakatlarida firibgarlik alomatlari bo‘lishi haqida gumonlar yuzaga kelganda Mukofot berishdan bosh tortish huquqini o‘z zimmasida qoldiradi.
4.5. Mukofotni faqat Aksiya Ishtirokchilari olishi mumkin va u pul majburiyati sifatida ko‘rilishi mumkin emas. Mukofot olish huquqi bo‘yicha u har qanday bitimning obyekti bo‘lishini yuzaga keltiradigan hech qanday xatti-harakatlar, operatsiyalar, bitimlar amalga oshirilishi mumkin emas.
4.6. Aksiya Ishtirokchilari Mukofotni rad etish huquqiga ega, shunda rad etish uchun yoki bunday rad etish natijasida hech qanday tovon puli to‘lanmaydi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Aksiya doirasida olingan Mukofotdan foydalanish o‘z-o‘zidan Aksiya Ishtirokchisi ushbu Qoidalar bilan tanishganligi hamda ularga to‘liq va so‘zsiz rozi ekanligini anglatadi.
5.2. Tashkilotchi Aksiyaning butun o‘tkazilish muddati mobaynida ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritishi mumkin. Ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va ushbu Qoidalar bilan bir xil tartibda ommaga e’lon qilingan taqdirda kiritilishi mumkin. Bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar OLX.UZ servisida e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ushbu Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar/qo‘shimchalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
5.3. Tashkilotchi har qanday vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish, Aksiyani bekor qilish va / yoki amal qilish muddatini uzaytirish huquqiga ega.