OLX da Ish beruvchi paneli

OLX profilingizdagi ish beruvchi paneli* yordamida orzuingizdagi jamoani yig‘ing 😍
* - servisning kompyuter versiyasida va Android mobil ilovasida mavjud

Nomzodlarni ko‘rib chiqish endi imkon qadar oson - ularning barchasi "Ish beruvchi paneli" bo‘limida har bir ish taklifi uchun alohida jamlanadi.

❗ Profilingizda “Ish beruvchi paneli” OLX ning Ish kategoriyasida e’lon berganingizda paydo bo‘ladi.
 

 

“Nomzodlar ro‘yxati” tugmasini bosganingizda, ish bo‘yicha e‘loningizga nomzodlardan kelgan barcha murojaatlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin. 

E’tibor bering: “Ish beruvchi panelida” ish va nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot ushbu ish bo‘yicha e’lon faol bo‘lganda ko‘rsatiladi.

Sahifaning chap tarafida joylashgan ro‘yxatda kerakli nomzodni tanlash orqali, siz uni murojaatini yoki yuborgan rezyumesini ko‘rib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu nomzod bilan muloqotni boshlashingiz va sizni qiziqtirgan ma‘lumotlarni so‘rashingiz mumkin.
Nomzodlarning murojaatlari bir biridan farq qilishi mumkin. Kimdir murojaatida rezyumeni biriktirib yuborishi, kimdir OLX dagi “Nomzod profilini” ko‘rsatishi mumkin.

Agarda nomzod murojaatida rezyumeni biriktirib yuborgan bo‘lsa yoki siz bilan suhbatlashayotgan paytda yuborgan bo‘lsa, ushbu rezyume sahifaning “Biriktirmalar“ bo‘limida ko‘rsatilgan bo‘ladi:
 


Agarda nomzod OLX dagi “Nomzod profilini” to‘ldirgan bo‘lsa, murojaatida ushbu profilga havola ko‘rsatilgan bo‘ladi. “Nomzod profili” ham rezyume hisoblanadi 🤓

Sahifaning o‘ng tarafida joylashgan “Nomzod bilan suhbat” bo‘limida chat orqali nomzod bilan suhbatlashishingiz mumkin. Ko'rib turganingizdek, barcha zarur funksiyalar qo‘lingiz ostida 😏

Nomzodning murojaatini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsangiz “Ma’qul” tugmasini bosing, agarda rad etmoqchi bo‘lsangiz “Noma’qul” tugmasini bosing.


“Nomzodlarni baholash” funksiyasi sizga suhbatga taklif qilmoqchi bo‘lgan nomzodlarni ro‘yxatini tuzishga yordam beradi.

Nomzodlarni baholash

“Nomzodlarni baholash” funksiyasi orqali murojaati kelgan har bir nomzodni baholashingiz va o‘zingiz uchun eslatmalar yozib qo‘yishingiz mumkin. 

Eslatmalarni yozib qo‘ysangiz keyinchalik ushbu nomzodning murojaatini qayta ko‘rib chiqqaningizda kerakli ma‘lumotni eslashda va qaror qabul qilishda yordam beradi 😉 Eslatmalar faqat sizga ko‘rsatiladi, nomzodlarga ushbu ma‘lumot ko‘rsatilmaydi.