OLX-da Biznes-sahifa

Onlayn biznesni tayyor mijozlar bazasi bilan boshlang! Siz faqat OLX da oʻz doʻkoningizni ochishingiz kerak.

Qanday qilib shaxsiy profilingini OLX biznes sahifasiga aylantirishingiz mumkin?

Faqat joylashtirishlar paketini sotib olishning oʻzi kifoya! Siz koʻproq eʼlonlar joylashtirishingiz mumkin va profilingizda oʻzingizning kompaniyangiz yoki doʻkoningiz haqida maʼlumot qoʻshishingiz mumkin boʻlgan “Biznes sahifalari sozlamalari” parametrini qiritish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Biznes-sahifaning imkoniyatlari qaysi turdagi paketni faollashtirishingizga bogʻliq boʻladi - Start yoki Premium. Ushbu imkoniyatlarni ikki turga boʻlish mumkin:

  • bazaviy biznes sahifasi;
  • biznes-sahifada nashr qilingan eʼlonlaringizni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar (Premium paketlarda bunday funksiyalar koʻproq).

Biznes-sahifasi imkoniyatlari bilan tanishing:

  • Bazaviy biznes sahifasi;
  • 60 va 90 kunlik eʼlonlar statistikasi;
  • «Profil»dagi eʼlonlar filtri;
  • Kompaniya logotipi;
  • Eʼlon sahifasidagi banner;
  • Eʼlon sahifasidagi “Doʻkon vitrinasi” vidjeti
  • OLX-doʻkon sahifasida tavsiya etilgan eʼlonlar;
  • Eʼlonlarning bonusli avtomatik yuqori koʻtarilishi.

Diqqat qiling: biznes-sahifani ulashda, sahifada faqat Bizness parametriga ega eʼlonlar koʻrsatiladi. Shuning uchun, chakana sotuvlar sizning doʻkoningiz tovarlari yoki xizmatlarini foyda bilan sotilishiga xalaqit bermaydi.

Bazaviy biznes sahifasi

Biznes sahifa har bir joylashtiruv paketida mavjud. “Biznes sahifasi sozlamalari” yorligʻida siz oʻzingizning biznesingiz, aloqalaringiz, manzilingiz haqida maʼlumot berishingiz mumkin.

 

1.png

Bu sizning eʼloningizni toʻlaqonli doʻkonga oʻxshatadi. Bu yerda koʻrishingiz mumkin Biznes sahifasini qanday yaratish mumkin?

E'lonlar statistikasi

 Oddiy profilda statistikani soʻnggi 30 kun uchun koʻrish mumkin. Biznes sahifasida Start paketi sotib olinganda 60 kun uchun va Premium paketi sotib olinganda 90 kun  uchun statistikani koʻrishingiz mumkin:

2.jpg

“Mening profilim”dagi eʼlonlar filtri

Koʻpgina eʼlonlaringiz ichidan kerakli mahsulotni topishni xohlaysizmi? Endi sahifalar va narxlar boʻyicha filtrdan foydalanishingiz mumkin:

3.png

Imkoniyat Premium paketlarida mavjud.

 

Banner va  kompaniya logotipi

Logotip va banner OLX-doʻkoni sahifangizda va paketdagi har bir eʼlonda koʻrinadi:

5.jpg

Diqqat qiling— banner va logotipda boʻlmasligi lozim:

  1. Taqiqlangan tovarlar va xizmatlarning reklamasi;
  2. Talab;
  3. “OLX tavsiya qiladi”, “ OLX dagi eng yaxshi narx” va shunga oʻxshash matnlar;
  4. Erotik tabiatli shaxsiy fotosuratlar, pornografiya;
  5. Zoʻravonlik, irqiy nafrat, noqonuniy xatti-harakatlarga targʻib qilish va/yoki chorlash;
  6. Milliy, irqiy, diniy, jinsiy va boshqa belgilar boʻyicha kamsitish.

Logotipni yuklash barcha joylashtiruv paketlarida, bannerni yuklash - faqat Premium paketlarda mavjud.

 

Eʼlon sahifasidagi “Doʻkon vitrinasi” vidjeti

Vidjet barcha paketlarda mavjud. U nafaqat sizning barcha eʼlonlaringizga havolani, balki mahsulotingizni darhol koʻrsatadi:

6.png


OLX-doʻkon sahifasida tavsiya etilgan eʼlonlar

Bu faqat Premium paketlarida mavjud. Profildan uchta eʼlonni tanlab “Biznes sahifasida tavsiya etish”ni bosing:

7.png

Ular OLX-doʻkon sahifasida sizning boshqa mahsulotlarngizdan balandroq joylashadi:

8.png


Eʼlonlarning bonusli avtomatik yuqori koʻtarilishi

Faqat Premium paketlarida mavjud.

Har bir eʼlon 3-marta yuqori koʻtariladi: nashr etilgandan soʻng 7,14 va 21 kunlarda. Eʼlonlar avtomatik ravishda yuqoriga koʻtariladi, ularni qoʻshimcha ravishda faollashtirishingiz shart emas (ularning mavjudligi sotib olingan joylashtirish paketining turiga bogʻliqligini unutmang).

 

❗ Agar muammoingizni hal qila olmasangiz - bizga telegram bot orqali murojaat qiling!

Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:30 — 18:00.