Texnik nosozlik yuzaga kelganda nima qilish kerak?

Agar texnik nosozliklar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, birinchi navbatda quyidagi amallarni bajaring:

1. Foydalanilayotgan brauzerdagi kesh va kukilarni (cookies) olib tashlang.

2. Brauzerning qo‘shimcha kengayishlarini o‘chiring.

Brauzerni kengaytmalari (qo'shimchalar, plagin, addon) - brauzerning imkoniyatlarini kengaytiradigan dastur. Ba'zida sayt ishini yaxshilash uchun kengaytmalarga turli elementlarni va zarur texnologiyalarni blokka tushirish kiradi.

Brauzerda quyidagilar o‘rnatilganligini tekshiring va zarur bo‘lsa o‘chirib qo‘ying:

  • NoScript;
  • Adblock (Adblock Plus);
  • Ghostery.

Agar kengaytmalarning o‘chirilganligiga qaramay, muammo bartaraf bo‘lmasa, brauzerda o‘rnatilgan barcha plaginlarni o‘chirishni tavsiya etamiz. Shundan so‘ng, qaysi biri xatoga sabab bo‘layotganini aniqlash uchun, ularni navbatma-navbat yoqing.

Brauzerda kengaytmalarni o‘chirish bo‘yicha yo‘riqnomani quyida ko'rsatilgan havolalar orqali ko'rib chiqish mumkin (Maqolalar Rus tilida):

3. (!) Brauzerning versiyasini yangilang.

Sizda brauzerning qaysi versiyasi o‘rnatilganini tekshiring va zarurat bo‘lsa uni yangilang.

4. Amallarni boshqa brauzerda takrorlab ko`ring.

5. Agar yuqorida bayon etilgan amallar muammoni hal qilishga yordam bermagan bo‘lsa telegram bot orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing.

Vaziyatni batafsil bayon eting, xatoni ko‘rish mumkin bo'lgan skrinshotlarni, shuningdek texnik ma'lumotlar keltirilgan sahifa skrinshotlarini ilova qiling.

Agar muammo OLX.uz servisining funksionali bilan bog‘liq bo‘lsa (e'lonlarni joylashtirish/olib tashlash, pulli xizmatlar/to‘lovlar va maslahat shaklidagi boshqa masalalar):

  • Mutaxassislar tushunishlari va hal etishda yordam berishlari uchun, o‘z muammoingizni imkon qadar batafsal bayon eting, zarur bo‘lsa misollar ko‘ringan skrinshot va fotosuratlarni ilova qiling.
  • O‘z profilingizning ma'lumotlarini (ID yoki login), e'londa foydalanilgan telefon raqamini ko‘rsatish mumkin.
  • Agar siz bilan bog‘lanish zarur bo‘lsa, aloqa uchun telefon raqamini ko‘rsating.
  • Zarur bo‘lsa faylar, fotosuratlarni biriktiring
  • Telegram bot orqali jo‘nating.

Masalani ko‘rib chiqish va javob berish muddatlari:

  • So‘rov shakllantirishda E-mail manzilingizni albatta ko'rsatishingiz kerak, ushbu e-mail orqali sizga javob keladi.
  • Ish kunlarida so‘rovni ko‘rib chiqish muddati - 24 soatgacha, dam olish va bayram kunlarida - 48 soatgacha.
  • Xabarlarni tekshirish uchun E-mail manzildan foydalanmasangiz, xabaringizda javobni telefon raqamiga yuborilishini istashingizni yozing va faol telefon raqamini ko‘rsating.
  • Qo‘llab-quvvatlash xizmati ish kunlari (Dushanba - Juma) soat 9-00 dan 18-00 gacha qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.