Kirish havolasi parollar menejerida qanday yangilanadi?

OLX ga kirish havolasi uz.login.olx.com dan login.olx.uz ga yangilangani sababli OLX profilingizga parollar menejeri orqali avtomatik kirishda xatolik yuz berishi mumkin.

Parollar menejerida login maʼlumotlaringiz ehtimol hamon eski havola - uz.login.olx.com ga bog‘lanib qolgan bo‘lishi mumkin. Parollar menejerida ushbu eski havolani yangi havola - login.olx.uz ga o‘zgartirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.

Ushbu muammoni ikki xil usulda tuzatishingiz mumkin:

  1. Keyingi safar login.olx.uz havolasi orqali kirishda login va parolingizni qo‘lda yozib kiring. Bu yoʻl orqali parollar menejeri yangi kirish havolasini saqlab qoladi va login maʼlumotingizni unga bogʻlaydi.

  2. Agar parolingizni aniq bilmasangiz, kirish havolasini bevosita parollar menejerida yangilashingiz mumkin. Ushbu jarayon siz foydalanadigan parollar menejeriga bogʻliq, ammo quyida eng ko‘p ishlatiladigan parollar menejerlari uchun yo‘riqnoma keltirilgan:

Google parollar menejeri

Kompyuteringizda:

  1. Google Chrome ilovasida Google parollar menejerini oching: chrome://password-manager/passwords?q=uz.login.olx.com havolasi orqali o‘ting va zarur boʻlsa Google profilingiz bilan kiring.

  2. Parollar ro‘yxatida uz.login.olx.com uchun kirish maʼlumotlaringizni toping va login bilan parolingizni yozib oling.

  3. Parollar roʻyxatiga qayting.

  4. Qo‘shish (Добавить) tugmasiga bosing.

  5. Ma’lumotlaringizni kiriting:

    • Sayt (Сайт): login.olx.uz havolasini kiriting

    • Foydalanuvchi nomi (Имя пользователя): OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan loginni kiriting

    • Parol: OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan parolni kiriting

  6. Ma’lumotlar kiritilgandan keyin Saqlash (Сохранить) tugmasiga bosing.

Telefoningizda:

  1. Sozlamalar > Parollarga kiring

  2. Google > Google parollar menejeriga o‘ting

  3. Parollar ro‘yxatida uz.login.olx.com uchun kirish maʼlumotlaringizni toping va login bilan parolingizni yozib oling.

  4. Parollar roʻyxatiga qayting

  5. + tugmasiga yoki Parolni qo‘shish (Добавления пароля) tugmasiga bosing

  6. Ma’lumotlaringizni kiriting:

    • Sayt (Сайт): login.olx.uz havolasini kiriting

    • Foydalanuvchi nomi (Имя пользователя): OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan loginni kiriting

    • Parol: OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan parolni kiriting

  7. Ma’lumotlar kiritilgandan keyin Saqlash (Сохранить) tugmasiga bosing.

Apple parollar menejeri

iPhone/iPadda:

  1. Sozlamalar > Parollarga kiring

  2. Face ID, Touch ID yoki kirish kodi yordamida tizimga kiring

  3. Parollar ro‘yxatida uz.login.olx.com uchun kirish maʼlumotlaringizni toping va login bilan parolingizni yozib oling.

  4. Parollar roʻyxatiga qayting

  5. + tugmasiga bosing

  6. Ma’lumotlaringizni kiriting:

    • Sayt (Сайт): login.olx.uz havolasini kiriting

    • Foydalanuvchi nomi (Имя пользователя): OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan loginni kiriting

    • Parol: OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan parolni kiriting

  7. Ma’lumotlar kiritilgandan keyin Saqlash (Сохранить) tugmasiga bosing.

Macda:

  1. Safari ilovasini oching va Sozlamalar > Parollar bo‘limiga kiring

  2. Touch ID yoki Mac foydalanuvchisi paroli yordamida tizimga kiring

  3. Parollar ro‘yxatida uz.login.olx.com uchun kirish maʼlumotlaringizni toping va login bilan parolingizni yozib oling.

  4. Parollar roʻyxatiga qayting

  5. + tugmasiga yoki Parolni qo‘shish tugmasiga bosing

  6. Ma’lumotlaringizni kiriting:

  • Sayt (Сайт): login.olx.uz havolasini kiriting

  • Foydalanuvchi nomi (Имя пользователя): OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan loginni kiriting

  • Parol: OLX profilingizga kirishda ishlatiladigan parolni kiriting

  1. Ma’lumotlar kiritilgandan keyin Saqlash (Сохранить) tugmasiga bosing.

E’tibor bering: Boshqa parollar menejerlarida yangi parol qoʻshish oʻrniga kirish havolasini bevosita yangilash imkoni bo‘lishi mumkin. uz.login.olx.com kirish havolasini qidiring va tahrirlash tugmasiga bosib o‘rniga yangi kirish havolasi - login.olx.uz ni kiritib yangilang.

Agarda OLX ga kirishda hali ham muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, parolingizni o‘zgartirib ko‘ring. Parol o‘zgartirish haqida batafsil ma’lumotni ushbu maqolada ko‘rib chiqishingiz mumkin.