Qanday qilib fishing qurboniga aylanmaslik mumkin

Fishing - bu foydalanuvchilarning ma'lumotlarini, masalan, login va parollar, to'lov ma'lumotlari va boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni noqonuniy ravishda olishga qaratilgan firibgarlikning bir turidir. Uning g‘oyasi shundaki, siz ishonadigan sayt niqobi ostida shaxsiy ma’lumotlaringizni, ko‘pincha bank kartasini ma‘lumotlarini qo‘lga kiritishdir.

Fishing saytlari original saytni eng mayda tafsilotlarigacha nusxalashi mumkin va firibgar psixologik hiyla-nayranglar yordamida sizni kerakli ma'lumotlarni taqdim etishga ishontirishga qodir. Fishing qurboni bo'lmaslik uchun havolalarga e'tibor bering.

Fake________OLX.jpg

Masalan, ushbu rasmdagi havolada fishing saytining domen nomi “olx-uz.agency” deb ko‘rsatilgan.

 

OLXuz servisi saytining haqiqiy domen nomi quyidagicha:

Kompyuter versiyasi uchun - olx.uz

Mobil versiyasi uchun - m.olx.uz

Biznes sahifa uchun - sahifanomi.olx.uz 

 

Ko'rib turganingizdek, firibgarlar fishing saytining nomini iloji boricha original saytning nomiga o'xshatishga harakat qilishadi.

Shuning uchun biz notanish odamlardan kelgan havolalarni ochmaslikni tavsiya qilamiz — bu, shu jumladan Internetdagi xavfsizlikning asosiy qoidasidir.



 

Fishing sxemasiga misol: Siz biron bir tovarni sotish to‘g‘risida e’lon joylashtirdingiz. Bir oz vaqt o‘tgach, sizga xaridor niqobi ostida firibgar murojaat qiladi, ko‘pincha Telegram messenjeri orqali, ba’zi hollarda Whatsapp messenjeri orqali bo’lishi mumkin.

Firibgar tovarning holatini tavsiflab berishni so’raydi (ba’zi hollarda chegirma ham so‘rashi mumkin), so‘ngra tovaringizni sotib olishga tayyorligini aytadi va hozirda boshqa shaharda bo‘lgani tufayli tovarni “xavfsiz” yetkazib berish (OLX доставка, BTS, Fargo, O‘zbekiston pochtasi) orqali yuborishingizni so‘raydi.

Siz rozi bo‘lishingiz bilan firibgar sizga O‘zbekistondagi mashhur to‘lov tizimlarining birini (masalan: Click, Payme, Apelsin va h.k.) soxta domen nomi yozilgan fishing saytga havola yuboradi. Ushbu havolani ochganingizdan so‘ng, siz soxta to‘lov tizimining interfeysini ko‘rasiz, unda siz bank kartangiz raqamini, uning amal qilish muddatini va SMS-dan tasdiqlash kodini ko‘rsatishingiz kerakligi so‘raladi.

Ushbu ma‘lumotlarni kiritganingizdan so‘ng, firibgar maxsus dastur orqali bank kartangizga kirish huquqiga ega bo‘ladi va barcha mablag‘laringizni xorijiy hisob raqamiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng u messenjerdagi yozishmalarni darhol o‘chiradi va sizni bloklaydi.

Fake_________.jpg

FAKE_FAKE.jpg

Ushbu qoidalarni yodda tuting:

  • tovarni sotish va sotib olish / yetkazib berish / pulni qaytarib olish va hokazolar uchun shaxsiy xabarlarda yuborilgan havolalarni ochmang.
  • bugungi kunda qadar OLXuz servisida tovarlarni "yetkazib berish" xizmati mavjud emas, shuningdek, tovarlarni yetkazib beradigan biron bir kompaniya bilan hamkorlik qilmaymiz. Agarda, tovarlarni yetkazib berish “OLX доставка” servisi orqali amalga oshirilishiga ishontirishmoqchi bo‘lsa, bu - firibgarlikdir.
  • noma’lum havolalar orqali o‘tganingizda hech qachon shaxsiy ma‘lumotlaringizni (kirish parollarini, karta PIN-kodlarini, SMS parollarini va h.k.larni) kiritmang. Ushbu ma’lumotlar firibgarlar qo‘liga tushishi mumkin.

Umid qilamizki, ushbu ma’lumotlar firibgarlardan qochishga va aldanib qolmaslikka yordam beradi.