Avtomobil sotib olish muhim qadamdir. Har qanday muhim qaror singari, ushbu masalaga ham ongli ravishda yondashish kerak. Avtomobil sotib olishda firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun, quyida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.
Misol tariqasida, quyida ko‘rsatilgan rasmga e‘tibor bering. E’lon firibgardan ekanligini ko‘rsatadigan bir nechta belgilari mavjud:
Ko‘rsatilgan misolga o‘xshash takliflarga duch kelsangiz ehtiyot bo‘ling va firibgarlikning quyidagi belgilari bilan tanishib chiqing:
- Avtomobilning narxi bozor qiymatidan sezilarli darajada past bo‘lishi - bu juda shubhalidir. Ko‘pincha, firibgarlar mashhur avtomobillarni arzon narxlarda sotish to‘g‘risida e’lonlarni joylashtirishni yaxshi ko‘radilar, chunki bunday avtomobillar talabga ega.
- Avtomobilning narxi e’londa ko‘rsatilgan xolatiga nisbatan juda past bo‘lishi - shubhalidir. Ushbu vaziyatda avtomobilning haqiqiy holati idealdan uzoq bo‘lishi mumkin yoki avtomobil umuman mavjud bo‘lmasligi mumkin.
- Firibgarlar manipulyatsiya qilishni yaxshi ko‘radigan “shoshilinch savdo” sxemasi. Ushbu sxema foydalanuvchi vaziyatni bahola olmasligi uchun qilinadi. Firibgarlar avtomobilni sotib olishga qiziqqan boshqa xaridorlar borligini aytib, vaziyatni oqilona baholashga vaqt qoldirmaydi.
- Agar sotuvchi o‘jarlik bilan uchrashishni istamasa (yoki buning uchun bahona topsa),uchrashmasdan turib oldindan pul jonatishni talab qilsa, mashina haqida qo‘shimcha ma‘lumot berishni istamasa — o‘ylab ko‘ring, bunday sotuvchi bilan hamkorlik qilishga arziydimi? Haqiqatan ham sotishga qiziqqan sotuvchi taklif jiddiyligini tushunadi va potensial xaridor bilan uchrashishdan voz kechmaydi.
- Agarda sotuvchi avtomobil arzonligini, uning egasi boshqa shaharda ekanligi bilan izohlasa, to‘lash imkoniyatingiz borligini isbotlash uchun oldindan pul jo‘natishingizni talab qilsa va pul tushishi bilan avtomobilni topshirish uchun egasi boshqa shahardan kelib ketishi xaqida habar bersa - ushbu sotuvchi 100% firibgardir.
Ushbu sxemaga misol: Sotuvchi e‘lon tavsifida u bilan Telegram messenjeri orqali bog‘lanishingiz mumkinligini ko‘rsatadi (ba’zi hollarda Telegram o‘rniga Whatsapp yoki Viber bo‘lishi mumkin). Yozishmalarda Firibgar avtomobil garajda turganligi va “sotuvchi” (ya’ni avtomobil “egasi”) O‘zbekistondan tashqarida bo‘lganligi uchun avtomobilni ko‘rsatish iloji yo‘qligini aytadi. "Sotuvchi" ushbu avtomobilni sotib olishga tayyor ekanligingizga ishonch hosil qilishi uchun sizdan xalqaro pul o‘tkazmalari, masalan, Western Union, Золотая Корона va shunga o‘xshash boshqa servislar orqali do‘stingiz/qarindoshingiz nomiga oldindan pul yuborishingiz kerakligini, masalan, Gretsiya (yoki boshqa davlatga) va pul o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun “sotuvchiga” ushbu pul o‘tkazmasining kvitansiyasi fotosuratini yuborishingizni so‘raydi va shundan so‘ng “sotuvchi” avtomobilni sotishga darhol uchib kelishini aytadi. Sizdan kvitansiya fotosuratini olgandan so‘ng, Firibgar pulni ovoladi va siz bilan aloqa qilishni to'xtatadi.
Eslatib o'tamiz! Avtomobilni ko‘rishdan va uning egasi bilan shaxsan uchrashishdan oldin hech qachon oldindan pul o‘tkazmang!
Umid qilamizki, ushbu ma’lumotlar avtomobil sotib olishda firibgarlardan qochishga va aldanib qolmaslikka yordam beradi.