OLX.uz servisida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni e’lon qilishga qo‘yiladigan talablar

Servisda radioelektron vositalar (keyingi o‘rinlarda - REV) va yuqori chastotali qurilmalarni (keyingi o‘rinlarda - YuChQ) maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan e’lonlar joylashtiriladi.

Mazkur qurilmalar bo‘yicha e’lonlarni joylashtirishda foydalanuvchi REV va YuChQni chet eldan fuqarolik maqsadlarida olib kirishga ruxsatnoma mavjudligi va/yoki radiochastota organining sotishga ruxsatnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi yoki REV yoki YuChQ O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasining xususiy qarorlarini va radiochastotalar organlarining har bir turdagi uskunaga ruxsat beruvchi hujjatlarini rasmiylashtirmasdan respublika hududida olib kiriladigan, sotiladigan va foydalaniladigan kichik radiusli radioelektron vositalar qurilmalari ro‘yxatiga muvofiqligi ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida"gi 801-son qaroriga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligining Radiochastota organi sifatidagi vakolatlari, shuningdek, fuqarolik radioxizmatlari uchun ajratilgan radiochastota spektri monitoringi, radioelektron vositalar o‘rtasida elektromagnit moslashuvni ta’minlash “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda - "EMMM" DUK) tomonidan amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi nizom”ning 4-bandiga asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda – “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi) tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining (keyingi o‘rinlarda – Kengash) 2024-yil 13-iyundagi 787-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ikkilamchi asosda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kichik radiusda ishlaydigan qurilmalarning ro‘yxatiga chastota polosasi 433,05-434,79 MHz bo‘lgan chiqish quvvati 10 mW dan oshmagan hamda chastota polosasi 446,0 - 446,2 MHz bo‘lgan chiqish quvvati 0,5 W dan oshmagan kichik radiusda ishlaydigan harakatdagi radioaloqa radiostansiyalari kiritilishi belgilangan.

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.

 

Muvofiqlik sertifikati - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi lozim bo‘lgan muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 43- son qaroriga asosan, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari davlat unitar korxonasi UNICON.UZda belgilangan tartibda sertifikatlashtirish jarayonini amalga oshiradi.

 

Xorijdan radioelektron vositalar (REV) va yuqori chastotali qurilmalarni (YuChQ) fuqarolik maqsadlarida olib kirishga ruxsatnoma olish - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 47-bandiga asosan, REV va YuChQni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirishga ruxsatnoma “EMMM” DUK tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) yoki “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

Ushbu Nizomning 48-bandiga asosan, agar ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga REVni sotish maqsadida fuqarolik yo‘nalishida olib kirmoqchi bo‘lsa, “EMMM” DUKdan olib kirishga ruxsatnoma olishdan avval Kengashning radiochastota organlari bilan kelishilgan holda olingan texnik xulosani taqdim etishi shart.

 

Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2024-yil 13-iyundagi 787-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida ikkilamchi asosda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kichik radiusda ishlaydigan qurilmalarning yangi tahrirdagi ro‘yxati va ularning asosiy texnik tasniflari:

 

№

п/п

Radiochastotalar diapazonlari va nominal qiymatlari

Radioelektron qurilmalar nomi

1.

 

 

4 - 18 kHz

 

 20 - 2000 MHz

 

 125 kHz;

134,2 kHz

Samarali izotrop nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan bo‘shliqlar va metallni aniqlash uchun mo‘ljallangan chuqurlik selektiv radarlari.

Samarali izotrop nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan yer osti zondlash radarlari (GPR).

Induksion qurilmalar - magnit maydon xususiyatlaridan foydalanishga asoslangan, 10 mVt gacha bo‘lgan samarali izotrop nurlanish quvvati bilan ishlashga mo‘ljallangan aloqa tizimlari.

2.

433,075-434,79 МГц (433,92±0,2%) МГц

Shtrix-kodli yorliqlarga ishlov berish va ushbu yorliqlardan olingan axborotni uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan radiochastotalar polosasida uzatish uchun radioelektron vositalar. 

3.

33,2-57,5 МГц

Eshitishida nuqsoni bo‘lgan odamlar uchun uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan eshitish radiotrenajyorlari.

4.

 

26,945 МГц

 

Radioboshqaruv va radiosignalizatsiya uskunalari:

4.1.

 

26,960 МГц

 

Qo‘riqlash radiosignallari qurilmalari:

 

 

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 2 Vt gacha bo‘lgan avtomashinalarni qo‘riqlash uchun;

 

 

 

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 2 Vt gacha bo‘lgan xonalarni qo‘riqlash uchun;

 

 

 

 

433,075-434,79 МГц (433,92±0,2%) МГц

 

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 5 mVt gacha bo‘lgan avtomashinalarni qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan.

 

4.2.

 

 

 

 

 

Masofadan boshqarish, qo‘riqlash signalizatsiyasi va xabar berish qurilmalari

 

 

 

 

4.3.

433,075-434,79 МГц (433,92±0,2%) МГц

 

868-868,2 МГц

 

 

 

 

149,95-150,0625 МГц

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lganda;

-  uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lganda.

  Uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 25 mVt gacha bo‘lgan uzoqdagi obyektlarni qo‘riqlash radiosignalizatsiyasi apparaturasi.

 

5.

 

 

 

 

30-41 МГц

46-49 МГц

 

 

1880-1900 МГц

Uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan (ko‘pi bilan 1 ta abonent raqamidan foydalanadigan) abonent simsiz telefon apparatlari.

Uzatkich nurlanishining ruxsat etilgan o‘rtacha quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan radiochastotalar polosasida (maksimal quvvati 250 mVt bo‘lgan) DECT texnologiyasining ko‘chma abonent radio bloklari va simsiz telefon apparatlari.

6.

 

 

 

 

26957-27283 кГц

 

 

 

 

28,0-28,2 МГц

40,66-40,70 МГц

 

Peredatchikning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan bolalar radioaloqa qurilmalari va radio orqali boshqariladigan o‘yinchoqlar.

Uzatkich nurlanishining ruxsat etilgan quvvati 1 Vt gacha bo‘lgan samolyotlar, katerlar va shu kabilar modellarini radioboshqarish apparaturasi

7.

 

Radiomikrofonlar va radiomikrofonlarga tayanch stansiyalar: 

7.1.

 

 

 

165,70 МГц

166,10 МГц

166,50 МГц

167,15 МГц

 

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 20 mVt gacha bo‘lganda;

 

 

7.2.

 

 

 

 

470-698 МГц

710-782 МГц

790-814 МГц

823-865 МГц

852-876 МГц

925,0-937,5 МГц

 

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lganda.

 

 

 

7.3.

66-74 МГц

87,5-92 МГц

100-108 МГц

 

 

 

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan turli xil qo‘llanishlarda foydalaniladi.

8.

 

Radiomikrofonlar va radiomikrofonlarga tayanch stansiyalar:

8.1.

433,050-434,790 МГц

- uzatkichning ruxsat etilgan nurlanish quvvati 20 mVt gacha bo‘lganda;

8.2.

446.0-446.2 МГц

 

- chiqish quvvati 0,5 Vt dan ko‘p bo‘lmagan PMR446 sinfiga mansub.

9.

315 МГц

902 МГц

Samarali izotrop nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan elektron kalitlar, xavfsizlikni ta’minlash va boshqalar sifatida qo‘llaniladigan masofadan boshqarish qurilmalari

 

10.

 

 

 

 

 

Obyektning holati, tezligi, masofasi yoki boshqa xususiyatlarini aniqlashni o‘z ichiga olgan radiota’riflash maqsadlari uchun kichik quvvatli transport vositalarining avtomobil radarlari:

 

10.1.

 

24,05-24,25 ГГц

 

- chiqish quvvati 0,05 mVt dan ko‘p bo‘lmagan;

 

10.2.

 

24,7 ГГц

 

- samarali izotrop nurlanish quvvati 10 mVt gacha bo‘lgan;

10.3.

76-77 ГГц

- 1 Vt gacha samarali izotrop nurlanish quvvatiga ega.

11.

 

2,400-2,4835 ГГц

Simsiz video kameralar:

-  ruxsat etilgan nurlanish quvvati 100 mVt gacha bo‘lgan.

12.

125 кГц

132 кГц

13,56 МГц

433 МГц

865-868 МГц

869,4-869,65 МГц

902-915 МГц

2450 МГц

2,400-2,4835 ГГц

RFID radiochastota identifikatsiya tizimlari, o‘quvchilar va antennalar

 

13.

 

13.1

13.2

13.3

13.4

13.5

13.6

13.7

 

 

450 МГц

700 МГц

800 МГц

900 МГц

1800 МГц

2100 МГц

2500 МГц

Ruxsat etilgan nurlanish quvvati 500 mVt gacha bo‘lgan mobil repiterlar (kuchaytirgichlar):

- CDMA va EVDO standartlarida;

- LTE standartida;

- CDMA 2000-1x va LTE standartlarida;

- GSM standartida;

- GSM va LTE standartlarida;

- UMTS va WCDMA standartlarida;

- LTE standartida.

 

Ruxsat beruvchi hujjatlarsiz OLX.uz servisida bundan buyon ruxsat etilmaydigan tovarlar:

1. Eng keng tarqalgan quvvatli radiostansiyalar (ratsiyalar):

Baofeng BF-888S (400-470 MGts, 5 Vt)

Baofeng UV-82 (136-174, 400-470 MGts)

BAOFENG UV-5R (136-174, 400-520 MGts)

2. Qabul qiluvchi-uzatuvchi qurilmalar (transiverlar):

3. Wi-Fi texnologiyasrnrng tashqi uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalari:

5. Dronlar. Masofadan boshqarish pultining ishchi chastota diapazoni: 2400-2483, 5725-5825 MGts. Shuningdek, ushbu qurilmalarni OLX.uz xizmatida e’lon qilish xizmatdagi taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ro‘yxatining 1.19-bandi bilan tartibga solinadi.

4. Mobil yo‘ldosh telefonlari: Thuraya SatSleeve Thuraya Ascom 21, Thuraya XT Dual, Thuraya Hughes 7100

6. O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqani so‘ndiruvchi qurilmalardan (uyali aloqa signallarini to‘suvchi moslamalar) foydalanish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarni OLX.uz xizmatida e’lon qilish taqiqlanadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi hududida GSM-shlyuzlardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Bunday qurilmalarni OLX.uz xizmatida e’lon qilishga ruxsat berilmaydi.

 

Muhim: Agar sotmoqchi bo‘lgan tovaringiz uchun barcha zarur ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lsangiz, biz bilan bog‘lanib, ularni bizga taqdim etishingiz lozim. Ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqib, tasdiqlaganimizdan so‘ng, e’loningizni servisda joylashtirishingiz mumkin.

 

Bu turdagi tovarlar bo‘yicha aloqa va tushuntirish masalalari uchun aloqa ma’lumotlari:

Ish vaqti: dushanba - juma; soat 9:00 dan 18:00 gacha “Elektronmagnit moslashuv markazi" DUKning veb-sayti: https://cemc.uz/, maxsus "ishonch telefoni": (+99871) 202 61 68.