OLX servisida e’lonlar qanday tekshiriladi?

OLX.uz servisi e'lonlarni doimiy tarzda - ular saytda paydo bo‘lishidan oldin ham, keyin ham tekshirib boradi.

OLX.uz servisidagi har qanday e'lon, u qachon joylashtirilgani va unga nisbatan qanday pullik xizmat qo‘llanilganidan qat'iy nazar qayta tekshirilishi mumkin. Qoida buzilganligi aniqlangan taqdirda e'lon rad etilishi mumkin.

E'lonni joylashtirishdan oldin quyidagilar bilan tanishib chiqish lozim:

  1. E'lon joylashtirish qoidalari.
  2. Foydalanish qoidalari.
  3. E'lon berishga taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ro'yxati.

Foydalanuvchi "E'lon qilish" tugmasini bosganidan so‘ng e'lon tekshirilish bosqichiga o'tkaziladi.

OLX.uz servisining tizimida dastlab ma'lum algoritm belgilagan bo‘lib, u e'lonlarni navbatga qo‘yadi va moderatorlarga tekshirish uchun yetkazib beradi.

OLX.uz servisining tizimi kontentni postmoderatsiya va premoderatsiya qilish prinsipi bo‘yicha ishlaydi.

Moderator - bu e'lonlarda OLX.uz servisining belgilangan qoidalari buzilmaganligini tekshiruvchi inson.

OLX.uz servisining moderatorlari quyidagi huquqlarga ega:

  • e'lon matnini uning umumiy mazmuniga ta'sir qilmaydigan tarzda tahrir qilish;
  • ruknni ko'proq mos keladiganiga o'zgartirish;
  • e'lonlarga nisbatan rad etish shablonlarini qo‘llash;
  • OLX.uz servisidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini qo'llash.

E'lonlar, tekshirilishi lozim bo‘lgan e'lonlar soniga qarab o‘rtacha 1 soatgacha, katta oqim va kechki payt 1 soatdan uzoq vaqt davomida tekshirilishi mumkin.

E'lonlar qoidabuzarlikning umumiy mazmuni bayon etilgan maxsus shablonlar yordamida rad etilishi mumkin.

mceclip0.pngUshbu shablonlar: tahrir qilish huquqi mavjud va mavjud bo‘lmagan (butunlay olib tashlaydigan) shablonlarga bo'linadi.

E'lonning rad etilish sababidan norozi bo‘lgan foydalanuvchi teskari aloqa shakli  orqali foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi zarur. Ushbu murojaatda, tekshirish uchun akkaunt va e'lonning raqami, shuningdek norozilik sababi aniq ko‘rsatilishi zarur.

 

❗ Agar muammoingizni hal qila olmasangiz - bizga telegram bot orqali murojaat qiling!

Ish vaqti: Dushanbadan Jumagacha, 9:30 — 18:00.