Mualliflik huquqining buzilishi (TM)

Agar sizning mualliflik huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, OLX.uz servisi foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov yuborishingiz zarur:

Agar mualliflik huquqlaringizni tasdiqlaydigan hujjatlaringiz bo‘lsa:

  • mualliflik huquqingizni tasdiqlaydigan hujjatlarning skan nusxasini biriktiring;
  • huquq buzilishining mohiyati nimadaligini va qanday chora ko‘rilishi lozimligini ko‘rsating;
  • hujjatlar OLX.uz servisining yuridik xizmati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Mualliflik huquqining buzilish hollari faqat tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgandagina ko‘rib chiqiladi.

Quyidagi da'volar:

  • matn mening e'lonimdan ko‘chirib olingan;
  • mening e'lonimdagi rasm (fotosurat) olingan va h.k.

umumiy asosda va OLX.uz servisining qoidalariga muvofiqlik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.

OLX.uz servisi foydalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rovlar murojaat/shikoyat/da'vo mazmunini to‘liq bayon etgan holda asoslar (ma'lumot to‘liq bo‘lishi uchun havolalar / hujjatlar / dalillar va hokazolar) bilan to‘ldirilishi lozim.

Qo‘shimcha savollar tug‘ilgan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash xizmati Sizning so‘rovingiz bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradigan boshqa batafsil ma'lumotlarni talab qilishi mumkin.