2026-yil 5-noyabrda tasdiqlangan, 2026-yil 21-noyabrdan kuchga kiradi.
Ushbu OLX.uz servisi qoidalari (bundan buyon – “Qoidalar”) Veb-saytdan (Servisdan) foydalanish shartlarini, shu jumladan Roʻyxatdan oʻtish, Eʼlonlarni joylashtirish va Pullik xizmatlarni sotib olish tartibini belgilaydi. Ular OLX va Veb-saytdan foydalanuvchi shaxslar – Foydalanuvchilar va Mehmonlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qoidalar OLXning ommaviy ofertasi hisoblanadi. Veb-saytdan har qanday foydalanish, shu jumladan uni Mehmon tomonidan koʻrib chiqish, Roʻyxatdan oʻtish, Eʼlonlarni joylashtirish yoki Pullik xizmatlar uchun toʻlov qilish Veb-saytdan foydalanuvchi shaxs tomonidan Qoidalarning toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishini (aksept) anglatadi. Qoidalarga rozi boʻlmagan shaxs Veb-saytdan foydalanishni toʻxtatishi kerak. Qoidalarning bandlari Mehmonlarga ular foydalanishi mumkin boʻlgan Veb-sayt funksiyalariga tegishli qismda qoʻllaniladi.
Pullik xizmatlar Qoidalar va Veb-saytda eʼlon qilingan tariflar asosida koʻrsatiladi. Pullik xizmat uchun toʻlov qilinishi Foydalanuvchining uning shartlari va narxiga roziligini anglatadi.
Mundarija:
1. Atamalar va taʼriflar
2. Umumiy qoidalar
3. Hisob qaydnomalari
4. Eʼlonlarni joylashtirish qoidalari
5. Bepul eʼlonlar
6. Pullik eʼlonlar
7. Eʼlonlarni rivojlantirish xizmatlari
8. Toʻlov
9. OLX hisob raqami xizmati
10. Foydalanuvchilarning noqonuniy va Qoidalarga zid harakatlari
11. Reytinglar va sharhlar
12. Shikoyat qilish tartibi
13. Nizolarni sudgacha hal qilish
14. Yakunlovchi qoidalar
15. Rekvizitlar
Ilovalar:
1. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR
1. Bosh harf bilan yozilgan va ushbu Qoidalarda qoʻllaniladigan atamalar quyidagi maʼnoga ega:
“OLX” | Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “OLX CLASSIFIEDS” xorijiy korxonasi, STIR: 205707447. Yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus koʻchasi, 46-uy; |
“Biznes-foydalanuvchi” | Veb-saytdan tadbirkorlik yoki kasbiy faoliyat uchun foydalanadigan va ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan belgilardan kamida bittasiga javob beradigan xizmatlar Foydalanuvchisi. Foydalanuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtganligidan yoki bunday faoliyatni tegishli roʻyxatdan oʻtmasdan amalga oshirayotganligidan qatʼi nazar, OLX Biznes-foydalanuvchisi hisoblanishi mumkin; |
“Bitim” | Foydalanuvchilar oʻrtasida yoki Foydalanuvchi va Mehmon oʻrtasida Pozitsiyaga nisbatan tuzilgan har qanday shartnoma; |
“Eʼlon” | Sotuvchi tomonidan Pozitsiyani sotish yoki taqdim etish toʻgʻrisidagi taklif, shuningdek Ish beruvchi tomonidan ishga yollash jarayonida ishtirok etishga taklif boʻlib, Veb-saytda ushbu Qoidalarning 4-boʻlimida koʻrsatilgan shartlarda joylashtirilgan; |
“Foydalanuvchi” | Hisob qaydnomasiga kirgandan soʻng Veb-saytdan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs; |
“Hisob qaydnomasi” | muayyan Foydalanuvchiga tegishli maʼlumotlar majmui, shu jumladan uning Veb-saytdagi harakatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va Foydalanuvchi tomonidan Veb-saytda taqdim etilgan maʼlumotlar. Hisob qaydnomasiga oid qoidalar ushbu Qoidalarning 3-boʻlimida bayon etilgan; |
“Ish beruvchi” | Veb-saytning “Ish” kategoriyasida Eʼlon joylashtiradigan Foydalanuvchi; |
“Kategoriya” | Eʼlon tegishli boʻlgan mavzuli kategoriya (masalan, “Transport” yoki “Elektronika”). Kategoriya mavzu jihatidan bogʻliq kichik kategoriyalarga boʻlinishi mumkin; |
“Limit” | Foydalanuvchi muayyan vaqtda tanlangan Kategoriyalar boʻyicha Veb-saytda joylashtirishi mumkin boʻlgan bepul Eʼlonlar soni. Har bir Kategoriyada limitlardan mustaqil foydalanish nazarda tutilgan; |
“Mehmon” | Hisob qaydnomasiga ega boʻlmagan yoki avtorizatsiyadan oʻtmagan jismoniy shaxs – Veb-sayt foydalanuvchisi; |
“Mijoz” | jismoniy shaxs boʻlgan va Veb-saytda oʻzining tadbirkorlik yoki kasbiy faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshiradigan Foydalanuvchi; |
“Nomzod” | “Ish” kategoriyasidagi eʼlonlarni koʻrib chiqayotgan Mehmon yoki Foydalanuvchi; |
“OLX hisob raqami” | ushbu Qoidalarning 9-boʻlimida tavsiflangan, OLX foydasiga toʻlovlarni soddalashtiradigan Hisob qaydnomasining bepul funksiyasi; |
“Pozitsiya” | Eʼlonga kiritilgan tovarlar yoki xizmatlar; “Ish” kategoriyasida Eʼlon pozitsiyasi deganda Ish beruvchining Eʼlonida tavsiflangan vakansiya tavsifi va unga qoʻyiladigan talablar tushuniladi; |
“Pullik xizmatlar” | OLX tomonidan Foydalanuvchiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar, shu jumladan, xususan, pullik Eʼlonlar yoki Eʼlonlar va Rivojlantirish xizmatlari paketi; |
“Qoidalar” | ushbu Qoidalar, shu jumladan Veb-saytdan foydalanish tamoyillarini belgilovchi ilovalar. Veb-saytda istalgan vaqtda Qoidalarning soʻnggi tahririni topish, yuklab olish, qurilmaning qattiq diskida saqlash yoki chop etish mumkin; |
“Rivojlantirish xizmatlari” | 2-ilova “Rivojlantirish xizmatlari”da tavsiflangan eʼlonlarni rivojlantirish boʻyicha pullik xizmatlar; |
“Roʻyxatdan oʻtish” | Foydalanuvchi tegishli maʼlumotlarni taqdim etganidan, Qoidalarni qabul qilganidan va Hisob qaydnomasini faollashtirganidan soʻng Hisob qaydnomasini yaratish jarayoni; |
“Sotuvchi” | Veb-saytda Eʼlon joylashtiradigan va Xaridor bilan Bitimlar tuzadigan Foydalanuvchi; |
“Veb-sayt” yoki “Servis” | olx.uz domenida va OLX.uz mobil ilovasida mavjud boʻlgan OLX onlayn platformasi; |
“Xaridor” | Veb-saytning funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda Sotuvchi bilan Bitimlar tuzadigan Foydalanuvchi. |
2. Qoidalarda birlik shaklida belgilangan atamalar, agar kontekstdan boshqacha maʼno aniq kelib chiqmasa, koʻplik shaklini ham oʻz ichiga oladi va aksincha.
3. “Shu jumladan”, “jumladan”, “xususan” soʻzlari va shunga oʻxshash iboralar “shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda” degan maʼnoni anglatadi. Ulardan keyin keltirilgan roʻyxatlar toʻliq (yakuniy) hisoblanmaydi.
4. Ushbu Boʻlimda taʼriflanmagan atamalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq talqin qilinadi. Agar qonunchilikda ular taʼriflanmagan boʻlsa, ular internet-xizmatlar sohasida shakllangan odatiy maʼnosiga muvofiq talqin qilinadi.
5. Agar Qoidalarda boshqacha tartib aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, “qonunchilik”, “qonun”, “qoʻllaniladigan qonunchilik” va “amaldagi qonunchilik” deganda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tushuniladi.
6. Qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga havola uning oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan amaldagi tahririga, shuningdek uning oʻrniga qabul qilingan hujjatga havolani anglatadi.
7. Kunlarda belgilangan muddatlar, agar Qoidalarda boshqacha tartib aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, kalendar kunlarda hisoblanadi.
8. Qoidalarda koʻrsatilgan vaqt – Toshkent vaqti (UTC+5).
2. UMUMIY QOIDALAR
1. Veb-saytdan foydalanish shartlari, shu jumladan Roʻyxatdan oʻtish, Eʼlonlarni joylashtirish va Pullik xizmatlarni sotib olish qoidalari, shuningdek toʻlov va shikoyat berish tartibi bilan bogʻliq masalalar ushbu Qoidalarda belgilab qoʻyilgan. Veb-saytning har bir foydalanuvchisi Qoidalarning mazmuni bilan tanishishi shart.
2. Mehmonlar ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar asosida Veb-saytning faqat cheklangan funksiyalaridan foydalanishlari mumkin. Qoidalarning bandlari, shu jumladan 2.3-band, Mehmonlarga ular foydalanishi mumkin boʻlgan Veb-sayt funksiyalariga tegishli qismda qoʻllaniladi.
3. Veb-saytda joylashtirilgan kontent, shu jumladan, xususan, Eʼlonlar, ularning shaklidan qatʼi nazar, yaʼni matnli, grafik va video materiallar OLX, Sotuvchilar yoki uchinchi shaxslarning (bundan buyon – “Huquq egalari”) intellektual mulk huquqlari, shu jumladan mualliflik huquqi va sanoat mulki huquqlari obyektlari sanaladi.
Tegishli Huquq egasining oldindan olingan yozma roziligisiz Kontentdan har qanday usulda, shu jumladan uni takrorlash, tarqatish, qayta ishlash, ommaga yetkazish yoʻli bilan foydalanish taqiqlanadi, qonunchilikda yoki ushbu Qoidalarda bevosita nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Shu jumladan avtomatlashtirilgan vositalar yordamida quyidagilar taqiqlanadi: (a) Veb-sayt Kontenti va maʼlumotlarini, shuningdek ularning muhim qismini tizimli ravishda yigʻish, nusxalash, ajratib olish, agregatsiya qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash; (b) bunday Kontent va maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish, shu jumladan boshqa saytlarda joylashtirish; (c) Kontent va maʼlumotlardan tijorat maqsadlarida yoki sunʼiy intellekt tizimlarini oʻqitish uchun foydalanish. Har qanday shaxslar, shu jumladan Mehmonlar va Foydalanuvchilar tomonidan Veb-saytga avtomatlashtirilgan tarzda kirish, shuningdek Veb-sayt Kontenti va maʼlumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish va ajratib olish (shu jumladan parsing, skreyping, botlar, kraulerlar va boshqa shunga oʻxshash dasturiy vositalardan foydalanish) bunday kirish, yigʻish yoki ajratib olish maqsadidan qatʼi nazar taqiqlanadi, Veb-saytni qidiruv tizimlari tomonidan OLX ruxsat etgan hajmda indeksatsiya qilish bundan mustasno. Veb-sayt foydalanuvchilarining Kontenti va maʼlumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda yigʻish, ajratib olish, takrorlash va qayta foydalanish, shu jumladan raqobatdosh servislarni yaratish, toʻldirish yoki ularning ishlashini taʼminlash uchun taqiqlanadi. Veb-sayt foydalanuvchilarining aloqa maʼlumotlari faqat muayyan Eʼlon boʻyicha tegishli Foydalanuvchi bilan bogʻlanish uchun taqdim etiladi; ularni boshqa maqsadlarda, shu jumladan ommaviy xabarlar yuborish va maʼlumotlar bazalarini shakllantirish uchun yigʻish, toʻplash va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Ushbu bandda belgilangan cheklovlar Foydalanuvchining oʻz Kontentidan va Veb-saytdagi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishiga, shu jumladan Foydalanuvchining oʻz Eʼlonlarini boshqa servislarda joylashtirishiga, shuningdek qonunchilikda bevosita nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Veb-saytda joylashtirilgan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish OLX Servisining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. OLXning oldindan olingan yozma roziligisiz tovar belgilari, firma nomi, domen nomlari, logotiplar va Veb-sayt dizayni hamda bezagining boshqa elementlaridan, shuningdek OLX belgilaridan foydalanish taqiqlanadi. Ushbu bandning buzilishi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka, shu jumladan zararni qoplashga sabab boʻladi va OLXga huquqbuzarning Veb-saytga kirishini cheklash huquqini beradi. OLX ushbu bandning buzilishining oldini olish va unga chek qoʻyishga qaratilgan texnik himoya choralarini (shu jumladan soʻrovlar sonini cheklash, IP-manzillar, qurilmalar va Hisob qaydnomalarini bloklash, avtomatlashtirilgan faollikni aniqlash vositalari) qoʻllashga, shuningdek huquqbuzarlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni, shu jumladan huquqbuzarlikni toʻxtatish va zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablarni qoʻyishga haqli.
4. Ushbu Qoidalar Foydalanuvchiga OLX va 2.3-bandda koʻrsatilgan uchinchi shaxslarning intellektual huquqlari obyektlaridan foydalanish huquqini bermaydi, Huquq egalarining ulardan foydalanishga roziligi hisoblanmaydi va ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi.
5. OLX Bitimning tarafi hisoblanmaydi, shuningdek Foydalanuvchilar oʻrtasidagi Bitimlarga nisbatan Bitim tashkilotchisi, xaridor, sotuvchi, ish beruvchi, vositachi, agent, Foydalanuvchining vakili, foyda oluvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs hisoblanmaydi.
OLX Bitimning tarafi boʻlmaganligi sababli, OLX Foydalanuvchi oldida uchinchi shaxslar tomonidan Bitim boʻyicha sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati lozim darajada boʻlmaganligi uchun, shuningdek ular tomonidan Foydalanuvchi oldidagi har qanday shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun subsidiar, solidar yoki boshqa mulkiy javobgar boʻlmaydi.
6. Veb-sayt doirasida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
a. Veb-sayt kontentini koʻrish;
b. Hisob qaydnomasidan va u bilan bogʻliq funksiyalardan, shu jumladan OLX hisob raqamidan foydalanish;
c. 3-ilova “Eʼlonlar limitlari”da koʻrsatilgan bepul Limitlar chegaralarida Eʼlonlarni joylashtirish;
d. limitlardan tashqaridagi Eʼlonlarni pullik nashr etish;
e. Pullik xizmatlardan foydalanish (shu jumladan rivojlantirish xizmatlaridan).
7. Veb-sayt kontentini koʻrish, Hisob qaydnomasidan foydalanish va bepul Limitlar doirasida Eʼlonlarni joylashtirish xizmatlari bepul koʻrsatiladi. Qolgan xizmatlar pullik.
8. Foydalanuvchilar tashqi yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan yetkazib berish va toʻlov xizmatlaridan, OLX tarafi boʻlmagan, alohida huquqiy munosabatlar asosida foydalanadilar.
9. Qoidalarning bandlari, agar 1-ilova “OLX koʻchmas mulk”da boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, “Koʻchmas mulk” Kategoriyasidagi eʼlonlarga nisbatan qoʻllaniladi.
10. Veb-saytdan toʻliq foydalanish uchun Internetga ulangan qurilma quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a. HTTPS protokoli orqali ikki tomonlama aloqani taʼminlaydigan uzluksiz Internet ulanish;
b. HTML5 standarti va kaskadli uslublar jadvallarini (CSS3) ishlata oladigan toʻgʻri oʻrnatilgan va sozlangan soʻnggi versiyadagi veb-brauzer, masalan, Google Chrome, Mozilla Firefox, Opera, Microsoft Edge, Internet Explorer.
c. JavaScript va cookies fayllarni qoʻllash yoqib qoʻyilgan (odatda brauzerlarda avtomatik ravishda yoqilgan boʻladi);
d. mobil qurilmalar uchun: OLX ilovasi rasmiy doʻkondan (masalan, App Store yoki Google Play) yuklab olingan boʻlishi kerak. Operatsion tizimning minimal versiyasiga qoʻyiladigan talablar mos ravishda App Store yoki Google Play doʻkonlaridagi ilova sahifalarida koʻrsatiladi. Veb-sayt televizor ekranida, Blackberry va Windows Phone ekranlarida toʻgʻri aks etmasligi mumkin.
11. OLX Veb-saytning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Xizmatlarning yuqori sifatini va veb-saytning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida OLX Veb-sayt faoliyatini quyida tavsiflangan shartlarda toʻxtatib qoʻyish huquqini oʻzida saqlab qoladi:
a. Texnik tanaffuslar - tun vaqtida (soat 22:00 dan 6:00 gacha) sodir boʻlishi mumkin, bu vaqtda Veb-saytning baʼzi funksiyalari va OLX tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar cheklanishi yoki mavjud boʻlmasligi mumkin.
b. Texnik nosozlik - OLX javobgar boʻlgan holatlar tufayli texnik xato yuzaga kelishi, natijada:
koʻpchilik yoki barcha Foydalanuvchilar Veb-saytga kira olmaydilar;
Veb-saytning asosiy funksiyalariga kirish imkoni yoʻq yoki ular notoʻgʻri ishlaydi, xususan, bu Eʼlonlarni nashr etish, namoyish qilish, yangilash yoki koʻtarish mumkin emasligiga tegishli.
12. Veb-saytda nashr qilingan Eʼlonlar tegishli kategoriyalarda xronologik tartibda, yaʼni quyidagi prinsipga muvofiq namoyish etiladi: Foydalanuvchi Eʼlonni qanchalik kech nashr etsa, Reklama xizmatlarini hisobga olgan holda roʻyxatda shunchalik baland turadi. Veb-saytning asosiy sahifasida faqat reklama xizmatlari doirasidagi faol Eʼlonlar koʻrinadi – Veb-saytning asosiy sahifasida pullik Eʼlonlarning sarlavhalari navbat bilan namoyish etiladi.
13. Veb-saytdagi chat orqali boshqa foydalanuvchilar bilan muloqotda boʻlgan foydalanuvchilar, ushbu suhbatlar shaxsiy va maxfiy emasligini va ularning mazmuni OLX tomonidan toʻplanishi mumkinligini tasdiqlaydilar. Ushbu Qoidalarni qabul qilib, Foydalanuvchi OLX foydalanuvchilarning xavfsizligini oshirish, Veb-saytning suiisteʼmol qilinishini oldini olish va sifatini yaxshilash maqsadida Veb-saytidagi chat funksiyasi orqali oʻtkazilgan suhbatlar mazmuniga kirish va tahlil qilish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi.
14. Servis funksionali Foydalanuvchilar oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishni nazarda tutmaydi, shu sababli platforma Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼnosida elektron tijorat operatori hisoblanmaydi.
15. Reklama axborotini olishga rozilik
15.1. Foydalanuvchi OLX xizmatlari, shuningdek uchinchi shaxslar, shu jumladan OLX hamkorlarining tovarlari, ishlari va xizmatlari toʻgʻrisidagi reklama xususiyatiga ega axborotni olishga rozilik beradi, shu jumladan quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotni:
a. ragʻbatlantiruvchi va reklama aksiyalari, tanlovlar, yutuqli oʻyinlar, viktorinalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi tadbirlar, shu jumladan ularni oʻtkazishning alohida qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida;
b. chegirmalar, promokodlar, bonuslar, reklama ballari va sodiqlik dasturlari toʻgʻrisida;
c. yangi va oʻzgartirilgan Pullik xizmatlar, tariflar va Eʼlonlar paketlari toʻgʻrisida;
d. Veb-saytning yangi funksiyalari, OLX tomonidan yoki uning ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar, soʻrovnomalar va tadqiqotlar toʻgʻrisida
(bundan buyon – “Reklama axboroti”).
15.2. Foydalanuvchi Reklama axborotini u Roʻyxatdan oʻtishda, Hisob qaydnomasida koʻrsatgan yoki OLXga boshqa usulda taqdim etgan aloqa maʼlumotlaridan foydalangan holda har qanday aloqa kanallari orqali olishga rozi boʻladi, shu jumladan:
a. mobil telefon raqamiga SMS-xabarlar va boshqa qisqa matnli xabarlar;
b. telefon raqamiga ovozli qoʻngʻiroqlar, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida amalga oshiriladigan qoʻngʻiroqlar;
c. elektron pochta orqali yuboriladigan xabarlar;
d. messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa xabar almashish vositalaridagi xabarlar (shu jumladan Telegram, WhatsApp, Viber, Instagram, Facebook va shunga oʻxshash servislar);
e. OLX.uz mobil ilovasidagi va veb-brauzerdagi push-bildirishnomalar;
f. Veb-saytdagi ichki chat va Hisob qaydnomasidagi xabarlar.
16. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga rozilik
16.1. Hisob qaydnomasini yaratish orqali Foydalanuvchi Veb-saytda https://help.olx.uz/olxuzhelp/s/article/olxuz-privacy-policy-november-2026-update-uz manzilida joylashtirilgan OLX Servisining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosati (bundan buyon – “Siyosat”) bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi hamda OLXga oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga Veb-saytda joylashtirilgan Siyosatga muvofiq ishlov berishga rozilik beradi. Bunday rozilik elektron shakldagi rozilik hisoblanadi.
16.2. Rozilik Foydalanuvchi tomonidan Roʻyxatdan oʻtishda, Hisob qaydnomasida, Eʼlonlar va xabarlarda koʻrsatilgan, shuningdek Foydalanuvchi Veb-saytdan foydalanishi jarayonida OLX tomonidan olingan va Siyosatda nazarda tutilgan hollarda uchinchi shaxslardan olingan shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga beriladi. Ishlov berish Siyosatda nazarda tutilgan maqsadlarda, usullarda va muddatlarda amalga oshiriladi, shu jumladan:
a. Roʻyxatdan oʻtkazish va Hisob qaydnomasiga xizmat koʻrsatish;
b. Eʼlonlarni joylashtirish va Foydalanuvchilar oʻrtasida aloqani taʼminlash;
c. Pullik xizmatlarni koʻrsatish va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
d. Foydalanuvchilar xavfsizligini taʼminlash, firibgarlik va Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirishning oldini olish;
e. murojaatlar va shikoyatlarni koʻrib chiqish;
f. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish;
g. Siyosatda nazarda tutilgan tartibda OLX hamkorlari ishtirokida xizmatlar koʻrsatish.
16.3. Rozilik, shu jumladan, Foydalanuvchining shaxsga doir maʼlumotlarini Siyosatda nazarda tutilgan maqsadlar uchun zarur boʻlgan hajmda uchinchi shaxslarga uzatishga rozilikni ham oʻz ichiga oladi, xususan:
a. toʻlov tashkilotlari va toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi boshqa shaxslarga – hisob-kitoblarni amalga oshirish va Pullik xizmatlar uchun toʻlov qilish uchun;
b. telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga (uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar) hamda SMS-xabarnomalar agregatorlariga – telefon raqamini tasdiqlash, kodlar va bildirishnomalar yuborish, Foydalanuvchilar oʻrtasida aloqani taʼminlash uchun;
c. Veb-saytda ular ishtirokida xizmatlar koʻrsatiladigan OLX hamkorlariga – tegishli xizmatlarni koʻrsatish uchun. Maʼlumotlar uzatilishidan oldin Foydalanuvchiga hamkorning nomi, uzatiladigan maʼlumotlar tarkibi va uzatish maqsadi maʼlum qilinadi;
d. reklama, firibgarlikka qarshi (antifrod) va verifikatsiya servislari, xabarnomalar servislari, messenjerlar va koll-markazlarni yetkazib beruvchilarga – Veb-sayt ishlashi va xavfsizligini hamda Foydalanuvchilar bilan kommunikatsiyalarni taʼminlash uchun;
e. OLXning affillangan shaxslariga – Siyosatda nazarda tutilgan maqsadlarda;
f. davlat organlariga – qonuniy asos mavjud boʻlganda;
g. OLXning huquqiy vorislariga – qayta tashkil etishda.
16.4. Rozilik Hisob qaydnomasi mavjud boʻlgan muddat davomida va u qaytarib olingunga qadar, Hisob qaydnomasi oʻchirilgandan keyin esa – ishlov berish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat davomida amal qiladi.
16.5. Foydalanuvchi roziligini Siyosatda nazarda tutilgan tartibda qaytarib olishga haqli. Rozilikning qaytarib olinishi Hisob qaydnomasidan keyinchalik foydalanishni imkonsiz qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va Siyosatda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish rozilik qaytarib olinganidan keyin ham davom etishi mumkin.
16.6. Mehmonlarning shaxsga doir maʼlumotlariga, shu jumladan cookies fayllari va shunga oʻxshash texnologiyalar yordamida yigʻiladigan maʼlumotlarga Siyosat hamda Cookies va shunga oʻxshash texnologiyalardan foydalanish siyosatiga muvofiq ishlov beriladi.
3. HISOB QAYDNOMALARI
1. Servisning funksional imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish uchun Mehmon hisob qaydnomasini roʻyxatdan oʻtkazishi va roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi sifatida Veb-saytdan foydalanishni boshlashi kerak. Hisob qaydnomasi, xususan, Veb-saytning quyidagi funksiyalarini taqdim etadi:
a. nashr etilgan Eʼlonlarni nashr etish va boshqarish;
b. boshqa Foydalanuvchilarning Eʼlonlarini koʻrish;
c. Veb-saytda OLX tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga tegishli toʻlovlar va hisob-raqamlarni boshqarish;
d. boshqa Foydalanuvchilarga xabarlarni yuborish va ulardan xabarlarni qabul qilish;
e. Reklama xizmatlariga buyurtma berish.
2. Faqat tegishli hajmdagi muomala layoqatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs, shuningdek yuridik shaxs Foydalanuvchi boʻlishi mumkin. Yuridik shaxslarga nisbatan faqatgina ularning nomidan ish yuritishga vakolatli shaxs hisob qaydnomasini yaratishi va Veb-saytda har qanday harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
3. Foydalanuvchi faqat bitta Hisob qaydnomasiga ega boʻlishi mumkin. Ushbu qoida quyidagi hollarda amal qilmaydi:
a. Foydalanuvchida shaxsiy maqsadlarda foydalaniladigan Hisob qaydnomasi va uning biznes faoliyati bilan bogʻliq alohida Hisob qaydnomasi mavjud boʻlsa;
b. Foydalanuvchi oʻzining tijorat faoliyati doirasida turli Hisob qaydnomalaridan foydalansa va bu Hisob qaydnomalariga Foydalanuvchi yuritayotgan biznesning turli vakillari yoki filiallari xizmat koʻrsatsa – Hisob qaydnomalaridan birida faol Eʼlonlar paketi mavjud boʻlishi va Hisob qaydnomalarida joylashtirilgan Eʼlonlar bir xil joylar doirasida takrorlanmasligi sharti bilan;
c. Hisob qaydnomaga kirish imkoni yoʻqligi sababli (unutilgan parol) boshqa Hisob qaydnoma yaratish kerak hollarda.
Biroq bu boradagi barcha istisnolar OLX tomonidan batafsil tekshirilishi lozim; OLX tekshiruv davrida Hisob qaydnomasining amal qilishini toʻxtatib turishga yoki yuqoridagi istisnoni qoʻllashni asoslovchi holatlar tasdiqlanmagan taqdirda Hisob qaydnomalarini oʻchirishga haqli.
Yuqoridagi istisnolar, agar ular Foydalanuvchi tomonidan faqat Servis doirasida koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni toʻlashdan qochish maqsadida foydalanilsa, qoʻllanilmaydi.
Boshqa hollarda bir nechta Hisob qaydnomalaridan foydalanish, shu jumladan Limitlar, cheklovlar va bloklashlarni chetlab oʻtish uchun foydalanish Foydalanuvchilarning noqonuniy va Qoidalarga zid harakati hisoblanadi.
4. Hisob qaydnomasini roʻyhatga olish uchun quyidagilar talab etiladi:
a. Veb-saytda mavjud boʻlgan shaklni toʻldirish va kerakli maʼlumotlarni, shu jumladan elektron pochta manzilini yoki telefon raqamini va noyob parolni taqdim etish yoxud Facebook, Google yoki Apple kabi tashqi xizmat koʻrsatuvchi orqali autentifikatsiyadan oʻtish;
b. OLX Servisining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosati, Qoidalar va ularning ilovalari bilan tanishish hamda ularning shartlarini qabul qilish.
5. OLX Foydalanuvchilar, Foydalanuvchilar nomidan ish yurituvchi shaxslar va Mehmonlarning shaxsiy maʼlumotlarini OLX Servisining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish siyosati hamda Cookies va shunga oʻxshash texnologiyalardan foydalanish siyosati shartlariga muvofiq qayta ishlaydi.
6. Roʻyxatdan oʻtish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻldirilgandan soʻng, foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan elektron pochta manziliga Hisob qaydnomasi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiq, Hisob qaydnomasini faollashtirish uchun havola va amaldagi Qoidalar yuboriladi. Agar foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtkazishda mobil telefon raqamidan foydalanilsa, koʻrsatilgan raqamga Hisob qaydnomasini faollashtirish uchun parol SMS-xabar orqali yuboriladi. Roʻyxatdan oʻtkazish, Foydalanuvchi Hisob qaydnomasini faollashtirganda yakunlanadi. Roʻyxatdan oʻtish Foydalanuvchi tomonidan Qoidalar qabul qilinganligini tasdiqlaydi; Hisob qaydnomasi faollashtirilgan paytdan boshlab Foydalanuvchiga Qoidalarning Foydalanuvchilarga tegishli bandlari tatbiq etiladi. Hisob qaydnomasini roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi elektron pochta xabarini olgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kundan keyin faollashtirish uchun havolaning amal qilish muddati tugaydi. Agar ushbu muddat davomida faollashtirish amalga oshirilmasa, Hisob qaydnomasini faollashtirish amalga oshirilmaydi. Foydalanuvchi faqat qayta aloqa shakli orqali avvalgi elektron pochta manzilidan foydalanib OLXga murojaat qilib, qayta roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
7. Foydalanuvchi Roʻyxatdan oʻtish va Veb-saytdan foydalanish paytida berilgan maʼlumotlarning aniq, toʻgʻri va dolzarb ekanligiga va ushbu maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega ekanligiga kafolat beradi. Foydalanuvchi maʼlumotlar oʻzgarsa, ularni yangilash majburiyatini oladi. Agar taqdim etilgan maʼlumotlar yuqoridagi talablarga javob bermasa, OLX ushbu Qoidalarning 10-boʻlimida belgilangan tartibda Hisob qaydnomasini blokirovka qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
8. Yuridik shaxs boʻlgan Foydalanuvchi nomidan Veb-saytdan foydalanayotgan shaxs ushbu Foydalanuvchi nomidan Veb-saytda harakat qilish va barcha amallarni bajarish uchun tegishli tarzda vakolatli ekanligini tasdiqlaydi.
9. Foydalanuvchi Hisob qaydnomasiga kirish maʼlumotlarini maxfiy saqlash va ularni vakolatga ega boʻlmagan uchinchi shaxslar kirishidan himoya qilish majburiyatini oladi. Agar Foydalanuvchi vakolatga ega boʻlmagan uchinchi shaxslar Hisob qaydnomasiga kirish huquqini olganligini bilsa OLXga darhol xabar beradi va iloji boʻlsa, kirish maʼlumotlarini darhol oʻzgartiradi.
10. Hisob qaydnomasi muddatsiz yaratiladi. Foydalanuvchi quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda istalgan vaqtda Hisob qaydnomasini oʻchirishga haqli:
a. Hisob qaydnomasini oʻchirish huquqi Foydalanuvchining qonunchilikda va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan Pullik xizmatlardan voz kechish huquqiga taʼsir qilmaydi;
b. Hisob qaydnomasini oʻchirish: (i) Hisob qaydnomasi panelidagi tegishli opsiyani tanlash, (ii) oʻchirish soʻrovini aloqa shakli orqali yuborish yoki (iii) OLX manziliga yozma ravishda oʻchirish toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻllari bilan amalga oshiriladi;
c. Foydalanuvchi tomonidan Hisob qaydnomasi oʻchirilgandan soʻng ushbu Hisob qaydnomasi bilan bogʻliq Pullik xizmatlarni koʻrsatish toʻxtatiladi; Qoidalarning bandlari oʻz mohiyatiga koʻra Hisob qaydnomasi oʻchirilgandan keyin ham saqlanib qoladigan majburiyatlarga, shuningdek bunday shaxsning Veb-saytdan Mehmon sifatida keyingi foydalanishiga nisbatan qoʻllanilishda davom etadi;
d. Hisob qaydnomasini oʻchirish darhol kuchga kiradi;
e. Hisob qaydnomasi oʻchirilgandan soʻng, Foydalanuvchi veb-saytdan foydalanish paytida taqdim etilgan yoki yaratilgan maʼlumotlarga kirish huquqini yoʻqotadi.
11. OLX Foydalanuvchining Hisob qaydnomasini oʻchirishga haqli, agar Foydalanuvchi:
a. 24 (yigirma toʻrt) oy davomida Hisob qaydnomasiga kirmagan boʻlsa. Bunday holda, Foydalanuvchi oʻchirilgan Hisob qaydnomasidan foydalana olmaydi. Hisob qaydnomasini oʻchirish toʻgʻrisidagi maʼlumot Foydalanuvchiga 30 (oʻttiz) kun oldin Roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilgan elektron pochta manzili yoki telefon raqamiga yuboriladi. Agar foydalanuvchi ushbu maqsad uchun taqdim etilgan funksiyalardan foydalangan holda Hisob qaydnomasidan foydalanishni davom ettirishni xohlasa, buning uchun u Hisob qaydnomasiga kirishi zarur. OLXning ushbu qoidaga muvofiq Hisob qaydnomasini oʻchirish huquqi Foydalanuvchining Veb-saytda qayta roʻyxatdan oʻtish huquqini cheklamaydi. Biroq OLX yangi roʻyxatdan oʻtishda hisob qaydnomasi bilan bogʻliq boʻlgan joriy foydalanuvchi nomi yangi roʻyxatdan oʻtishda foydalanish uchun mavjud boʻlishiga kafolat bermaydi;
b. Qoidalarni yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzuvchi harakatlarini (harakatsizligini) OLX tomonidan unga yuborilgan bunday harakatlarni (harakatsizlikni) toʻxtatish toʻgʻrisidagi talabda koʻrsatilgan muddatda toʻxtatmagan boʻlsa.
12. Servisning toʻgʻri ishlashini taʼminlash va foydalanuvchilar xavfsizligini himoya qilish uchun, OLX Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqgoʻyligini, Foydalanuvchi shaxsini tasdiqlov soʻrovi yuborish, Eʼlonlar ichidagi yoki amalga oshirilayotgan Bitimga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni OLX tanlagan uslubda qoʻshimcha tekshirish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Foydalanuvchining maʼlumotlarini yoki shaxsini tasdiqlash uchun muvaffaqiyatsiz urinish boʻlgan taqdirda, Hisob qaydnomasi OLX tomonidan Qoidalarning 10-boʻlimida koʻrsatilgan shartlar asosida toʻxtatib qoʻyilishi yoki bloklanishi mumkin.
13. Qoidalarga kiritilgan va oʻzi Qoidalarning 14.1(b)-bandiga muvofiq xabardor qilingan oʻzgartirishlarga rozi boʻlmagan Foydalanuvchi ular kuchga kirgan kunga qadar Veb-saytdan foydalanishni toʻxtatishga va Qoidalarning 3.10-bandida nazarda tutilgan tartibda Hisob qaydnomasini oʻchirishga haqli. Oʻzgartirishlar kuchga kirgandan keyin Veb-saytdan foydalanishni davom ettirish Qoidalarning oʻzgartirilgan tahririni qabul qilishni anglatadi.
14. Mening rezyume va Nomzod profili (BETA-versiya).
1. Veb-saytdagi Hisob qaydnomasida “Nomzod profili”da – “Ish izlayapman” yorligʻida (shuningdek, "Sozlamalar - Mening rezyume" yorlig'i orqali ham mavjud) bo'limida har bir Foydalanuvchi oʻzining rezyumesini, xususan, ta'lim, martaba o'sishi va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hujjatni (Rezyume) qo’shib qo’yishi mumkin. Hisob qaydnomasining ba’zi funksiyalaridan foydalanish uchun Hisob qaydnomasidagi “Mening rezyume” bo’limida Rezyume qoʻshish talab qilinishi mumkin. Hisob qaydnomasi istalgan vaqtda Rezyumeni oʻzgartirish, qoʻshish yoki oʻchirib tashlash imkonini beradi.
2. Hisob qaydnomasida Rezyumeni faqatgina .doc, .odt, .pdf yoki .docx formatidagi faylni qoʻshish mumkin. Bunday faylning hajmi 4 (toʻrt) MBdan oshmasligi kerak.
3. Bir vaqtning oʻzida Foydalanuvchining Hisob qaydnomasida faqat bitta Rezyume qo'shilgan bo'lishi mumkin. Bo‘sh ish o‘rniga murojaat qilishda Rezyumeni o‘zgartirish yoki qo‘shish uni Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga qo‘shadi yoki o‘zgartiradi. Rezyumeni “Nomzod profili” bo‘limida (shuningdek, "Sozlamalar - Mening rezyume" yorlig'i orqali ham mavjud) va Servisda mavjud bo‘lgan forma orqali bo‘sh ish o‘rniga murojaat qilish jarayonida maxsus tugma yordamida o‘zgartirish mumkin. Ma’lumotlarni taqdim etish jarayonida Servisda mavjud bo‘lgan funksiyalarga qarab, Foydalanuvchining Rezyumesi avtomatik ravishda yuborilayotgan murojaatga qo‘shilishi mumkin. Foydalanuvchi Rezyumeni ish beruvchiga taqdim etish ustidan nazoratni saqlab qoladi, ya’ni avvalgi jumlada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq murojaatga avtomatik ravishda qo‘shilsa ham, Foydalanuvchi formada taqdim etilgan funksional imkoniyatlardan foydalanib har safar ma’lum bir murojaatga rezyumeni qo‘shishni rad etishi mumkin. Murojaat qilishda Foydalanuvchi formadagi maxsus tugmalar yordamida Rezyumeni o‘chirish yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ham ega.
4. Rezyume Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilib, u rezyumening mazmuni, xususan undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va qonuniyligi uchun javobgar boʻladi.
5. Veb-saytda mavjud boʻlgan usullar yordamida Ish beruvchi bilan aloqa qilishdan tashqari, Rezyume Veb-saytdan foydalanuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilmaydi.
6. Veb-saytdagi Hisob qaydnomasida “Ish izlayapman – Nomzod profili” yorligʻida har bir Foydalanuvchi, nomzod Shaklini toʻldirishi, yaʼni ismi va familiyasi, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari, ta'limi, kasbiy tajribasi, koʻnikmalari va qiziqishlari kabi oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etishi mumkin. Nomzodning shaklini doimiy ravishda tahrir qilib turish mumkin (undagi maʼlumotlarni oʻchirib tashlash, qoʻshish va almashtirish mumkin).
7. Nomzod shakli kamida 60% (oltmish foiz) toʻldirilganidan soʻng:
a) OLX 3.14.8(a)-bandga muvofiq Nomzod profili xizmatini avtomatik ravishda ishga tushiradi;
b) Foydalanuvchi 3.14.8(b)-bandga muvofiq tegishli opsiyani tanlab, “Nomzod profili” xizmatini ishga tushirishi mumkin boʻladi.
8. Nomzod profili xizmati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
(a) Foydalanuvchiga, Nomzod profilida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida, yaʼni OLX vositasi tomonidan amalga oshirilgan avtomatik baholashga binoan Foydalanuvchining profiliga eng mos kelgan maʼlumotlar asosida personallashtirilgan, Veb-saytning “Ish” Kategoriyasida hozirgi vaqtda mavjud boʻlgan Eʼlonlar namunalarini taqdim etish. Ushbu bandda qayd etib oʻtilgan personallashtirilgan Eʼlonlar Veb-saytning “Tavsiya etilgan bo'sh ish o'rinlari” bo'limida, shuningdek, Foydalanuvchining tanloviga koʻra, Veb-saytning boshqa sahifalaridagi ajratilgan joylarda va bevosita muloqot kanallari orqali aks ettirilishi mumkin;
(b) Ish beruvchilarga oʻzining maʼlumotlarini, Nomzod profilidan Ish beruvchilar foydalana oladigan qilib opsiya tanlagan vaqtdan boshlab, to ushbu opsiyadan voz kechgunga qadar – Veb-saytda mavjud usul bilan vakansiyaga yuborilgan har bir murojaat uchun nomzodning toʻldirilgan Profiliga avtomatik ravishda havola qoʻshiladigan tarzda, taqdim etish imkoniyati. Bunday havola orqali mavjud boʻlgan Nomzod profili 3.14.6-bandga muvofiq Nomzod saqlaydigan maʼlumotlarni aks ettirish uchun davriy ravishda yangilanib turiladi.
9. Nomzod Profili xizmati, 60% (oltmish foiz) chegaraviy qiymat ostidagi maʼlumotlar Nomzod profilidan oʻchirib tashlangunga qadar yoki Hisob qaydnomasi oʻchirib tashlangungacha taqdim etiladi.
10. 3.14.8(b)-bandda qayd etilgan Nomzod profili mazmuniga havola faqatgina yuborilgan Hisob qaydnomasi uchun faol bo'ladi hamda ushbu funksiya nomzod Hisob qaydnomasida yoqilgan davr mobaynida faol boʻladi.
11. Yuqorida tavsiflangan Nomzod profili xizmati hali ishlab chiqish (BETA-versiya) bosqichidadir, bu esa, ushbu xizmat yoki uning baʼzi funksiyalari yoki yechimlaridan Foydalanuvchilar foydalana olmasliklari yoki ular notoʻgʻri ishlashi mumkinligini anglatadi.
4. EʼLONLARNI JOYLASHTIRISH QOIDALARI
1. OLX Foydalanuvchiga Veb-saytda Eʼlonlarini joylashtirishga imkon beradi. Tegishli shakl toʻldirilgandan va SMS-verifikatsiya oʻtkazilgandan soʻng, Foydalanuvchi Eʼlonni Veb-saytda nashr qilishi mumkin. SMS-verifikatsiya bir marta amalga oshiriladi va Foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan telefon raqamiga, keyinchalik Foydalanuvchi shaklga kiritadigan, tasdiqlash kodini yuborishdan iborat boʻladi. Ichki xavfsizlik protseduralari tufayli SMS-verifikatsiya takrorlanishi mumkin.
2. Veb-saytda Foydalanuvchi tomonidan nashr qilingan Eʼlon barcha Foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Eʼlon bilan birga, boshqa Foydalanuvchilarga Eʼlonni nashr qilgan Foydalanuvchi bilan bogʻlanish va unga xabar yuborish imkoniyatini beruvchi aloqa shakli ham mavjud boʻladi.
3. Eʼlon nashr qilinayotgan paytda Foydalanuvchi Eʼlonni yozish, koʻpaytirish va toʻliq yoki qisman tarqatish uchun eksklyuziv boʻlmagan, geografik jihatdan cheklanmagan litsenziyani OLX – Veb-saytida va ular orqali Veb-sayt targʻib qilinadigan OLX sheriklari, shuningdek Internet tarmogʻi orqali istalgan joyda, jumladan qidiruv tizimlari (masalan, Google) va ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Facebook)da aks ettirish uchun taqdim etadi. Litsenziya OLX tomonidan Foydalanuvchiga Servisdan bazaviy foydalanish imkoniyati va Hisob qaydnomasi funksionali taqdim etilganligi evaziga qarshi bajarish sifatida beriladi hamda OLXning narxi tariflar bilan belgilanadigan va Foydalanuvchi tomonidan alohida toʻlanadigan pullik xizmatlari uchun toʻlov hisoblanmaydi. Litsenziyaning berilishi Servisdan foydalanish sharti hisoblanadi. Internetning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, OLX Veb-sayt funksiyalari yordamida nashr etilgan yoki uzatilgan mazmunni boshqa foydalanuvchilarga tarqatilishini toʻliq nazorat qila olmaydi va bu uchun uchinchi shaxslar oldida, xususan Xizmatga aloqasi boʻlmagan veb-saytlar va portallarda uchinchi shaxslar tomonidan Eʼlonni nusxalash va tarqatish holatlarida javobgar boʻlmaydi. Berilgan litsenziya shuningdek OLXga Eʼlon matniga, shu jumladan uning sarlavhasiga (nomiga) texnik xarakterdagi oʻzgartirishlar kiritish, xususan, Qoidalarning 4.4 (f) va (k) kichik bandlarini buzgan holda joylashtirilgan aloqa maʼlumotlarini hamda valyuta koʻrsatkichlari, valyuta belgisi yoki kurslarini yashirish, oʻchirish yoki almashtirish huquqini beradi, bunda Pozitsiya tavsifi, uning xususiyatlari, toʻplami, narxi va shaklning ushbu axborot uchun moʻljallangan maydonlarida koʻrsatilgan boshqa shartlari qismida Eʼlon mazmuni oʻzgartirilmaydi, Foydalanuvchi esa Qoidalar qabul qilingan paytdan eʼtiboran bunday oʻzgartirishga rozilik beradi. OLX tomonidan ushbu huquqning amalga oshirilishi OLX Eʼlon muallifi, hammuallifi yoki muharririga aylanishini anglatmaydi va OLX uchun Eʼlon mazmuni uchun javobgarlikni keltirib chiqarmaydi, bu javobgarlik Qoidalarning 4.4-bandi va 10-boʻlimiga muvofiq toʻliq hajmda Foydalanuvchida qoladi.
4. Har bir Eʼlonning mazmuni Qoidalarning 10.1-bandida koʻrsatilgan talablarga javob berishi, rost, aniq va tushunarli boʻlishi, shuningdek OLX tomonidan sanab oʻtilgan texnik talablarga javob berishi kerak. Foydalanuvchi Eʼlon mazmunini qoʻllaniladigan qonunchilik doirasida va quyidagi talablarga muvofiq belgilashi mumkin:
a. Eʼlon davlat yoki rus tillarida tuziladi, unda odatda qoʻpol yoki haqoratli deb hisoblanadigan soʻzlar va iboralar mavjud boʻlmasligi kerak. “Ish” Kategoriyasida Eʼlon chet tilida qoʻshimcha ravishda tuzilishi mumkin;
b. Foydalanuvchi Eʼlon berilishi kerak boʻlgan mavzuga mos keladigan bitta Kategoriyani va kichik kategoriyani tanlaydi;
c. Foydalanuvchi yakuniy qiymatni milliy valyutada koʻrsatishi kerak (agar qoʻllanilsa, QQSni koʻrsatgan holda) va iloji boʻlsa narxni kelishish ehtimolini koʻrsatishi kerak. Mahsulotni bepul yoki boshqa mahsulot yoki xizmat evaziga taklif qilish mumkin. Ushbu qoida “Ish”, “Xizmatlar” toifalaridagi Eʼlonlarga taalluqli emas, ular uchun Eʼlonda xizmat haqi koʻrsatilishi majburiy shart emas;
d. Foydalanuvchi Pozitsiya holatini koʻrsatadi (yangi yoki ishlatilgan) (“Xizmatlar”, “Ish”, “Hayvonlar”, “Koʻchmas mulk”, “Oziq-ovqat / Ichimliklar”, “Transport”, “Boshqalar” (“Xobbi, dam olish va sport” Kategoriyasidagi), “Bog‘-tomorqa”, ”Chiptalar“, “Antikvar kolleksiyalar” Kategoriya/Bo‘limlardagi eʼlonlardan tashqari);
e. Eʼlon Pozitsiyaning tushunarli, aniq va toʻliq tavsifini, shu jumladan, Pozitsiyaning xususiyatlari toʻgʻrisida toʻgʻri va mubolagʻaga yoʻl bermaydigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak;
f. Eʼlonning sarlavhasi (nomi) va (yoki) uning tavsifi aloqa maʼlumotlarini, xususan, telefon raqamlarini, elektron pochta manzillarini, foydalanuvchi nomlarini, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarga (shu jumladan Telegram, Instagram, WhatsApp va h.k.) havolalar yoki ishoralarni oʻz ichiga olishi mumkin emas; bunday maʼlumotlar faqat shaklning ushbu maqsad uchun moʻljallangan maydonlarida koʻrsatilishi mumkin;
g. Eʼlon predmeti faqat Foydalanuvchiga tegishli boʻlgan, u tasarruf etishga haqli boʻlgan yoki reklama qilishga (sotish uchun taklif qilishga) haqli boʻlgan Pozitsiya boʻlishi mumkin. Agar Pozitsiya Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan boʻlsa, Foydalanuvchi buni Eʼlonda aniq koʻrsatishi shart;
h. bir Eʼlon faqat bir Pozitsiyani taklif qilishi mumkin;
i. Eʼlonda bir birlik, bir nechta birlik yoki toʻplam/qadoq taklif qilinayotganligini koʻrsatish lozim (toʻplam - bu bir butunlikni tashkil etuvchi elementlar toʻplamini bildiradi). Bir Eʼlonga Pozitsiyaning turli ranglarda yoki oʻxshash variantlarda mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni qoʻshish mumkin (“Biznes va xizmatlar” va “Ish” kategoriyalaridan tashqari);
j. Eʼlon tarkibi, xususan, foydalanuvchilarni OLX bilan bir xil yoki oʻxshash xizmatlarni (yaʼni takliflarni yoki Internet foydalanuvchilari tomonidan eʼlonlarni nashr etish boʻyicha xizmatlar) taqdim etuvchi kompaniyalarning manbalariga olib boruvchi reklama takliflari va boshqa har qanday reklama maʼlumotlari, veb-sayt manzillari va boshqa elementlarni oʻz ichiga olmasligi kerak;
k. Eʼlonning sarlavhasi (nomi) shuningdek valyuta koʻrsatkichi, valyuta belgisi yoki kurslarini, xususan, $, € belgilarini, USD, EUR, u.e. va h.k. qisqartmalarini oʻz ichiga olishi mumkin emas; Pozitsiyaning yakuniy qiymati faqat narx maydonida Qoidalarning 4.4(c)-bandida nazarda tutilgan tartibda koʻrsatiladi.
5. Agar foydalanuvchi Eʼlonni notoʻgʻri Kategoriyada nashr qilsa, OLX uni boshqa Kategoriyaga koʻchirishga haqli. Ammo agar bu oʻzgartirish Eʼlonni Limitdan tashqarida nashr etishga olib keladigan boʻlsa, unda bunday Eʼlonni Limitdan tashqarida nashr etilganligi uchun, faqat haqqi toʻlangan taqdirda joylashtirish mumkin.
6. Quyidagilar Eʼlonning pozitsiyasi boʻlishi mumkin emas:
a. Pozitsiyalarni qidirish (“Xizmatlar”, “Topilmalar idorasi”, “To‘qish” Kategoriya/Bo’limlardagi eʼlonlardan tashqari);
b. romantik, turmush qurish, jinsiy xarakterdagi taklif;
c. 4-ilovada “Taqiqlangan va shartli ravishda ruxsat berilgan pozitsiyalar” keltirilgan taqiqlangan tovarlar, shuningdek amaldagi qonunchilik bilan sotilishi taqiqlangan har qanday boshqa tovarlar, oʻgʻirlangan yoki sud yoki maʼmuriy nizoning predmetiga aylangan tovarlar, ijro ishlari olib borilayotgan, bankrotlik yoki qayta tashkil etish jarayonidagi yuridik shaxsning mol-mulki boʻlgan tovarlar.
7. Foydalanuvchi Eʼlonlarni Veb-saytda quyidagicha nashr qiladi:
a. “Eʼlonni qoʻshish” belgisini yoki shunga oʻxshash belgini bosish orqali;
b. toʻlovni amalga oshirib (faqat Pullik eʼlonlar uchun).
8. Eʼlonning Servisda joylashtirilishi, uni nashr qilinishidan soʻng darhol amalga oshadi (pullik eʼlonlari bundan mustasno, ularning nashr etilishi toʻlov amalga oshirilgan paytdan boshlab sodir boʻladi) va 30 (oʻttiz) kun davom etadi, biroq quyidagi holatlardan biri yuz bergan paytdan ortiq emas:
a. Foydalanuvchi Pozitsiyani sotsa.
b. Foydalanuvchi Eʼlonni dastlab tasvirlangan Pozitsiya bilan emas, balki boshqa Pozitsiyani oʻz ichiga olgan tarzda oʻzgartirsa;
c. Foydalanuvchi Eʼlonni oʻchirib yuborsa.
9. Agar OLX 4.8(a) yoki 4.8(b)-bandlarida koʻrsatilgan holatlar sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabar topsa, OLX, Qoidalarning 10-boʻlimida koʻrsatilgan prinsiplarga muvofiq Eʼlonni olib tashlashga haqlidir.
10. Eʼlonni Veb-saytga joylashtirish davrida Foydalanuvchi uning mazmunini va baʼzi parametrlarini oʻzgartirishi, shuningdek ushbu Eʼlonni oʻchirib tashlashi mumkin. Eʼlon joylashtirilishi tugashidan 3 (uch) kun oldin, Foydalanuvchi Eʼlonining namoyish vaqtini yana 30 (oʻttiz) kunga bepul uzaytirishi mumkin, biroq bunday uzaytirish pullik Kategoriyalarda, shuningdek 3-ilova “Eʼlonlar limitlari”da koʻrsatilgan tegishli Kategoriyadagi Limitdan oshib ketgan hollarda haq evaziga amalga oshiriladi.
11. Eʼlon mazmunini oʻzgartirish imkoniyati, Servis doirasida taqdim etilgan xizmatlar uchun OLX tomonidan olinadigan summani toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilgan, nashr etilgan Eʼlonning narxining oʻzgarishlariga yoki boshqa parametrlarga yoki Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda Foydalanuvchiga tegishli mablagʻlarni qaytarib olishga qaratilgan tatbiq etilmaydi. “Ish” Kategoriyasidagi Eʼlonning “Joylashuv” maydoni Eʼlon joylashtirilgandan keyin oʻzgartirilishi mumkin emas.
5. BEPUL EʼLONLAR
1. Foydalanuvchi eʼlonlarni Veb-saytda Limit doirasida bepul joylashtiradi. Ayrim Kategoriyalar uchun limitlar, Biznes-foydalanuvchilar uchun Limitlar va Limit amal qilmaydigan holatlar 3-ilova “Eʼlonlar limitlari”da koʻrsatilgan.
2. OLX Foydalanuvchini Hisob qaydnomasiga xabar yuborish orqali limit tugaganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Veb-saytga yoki Limit berilmagan kategoriyada Foydalanuvchi tomonidan boshqa eʼlonni joylashtirilishi pullik.
6. PULLIK EʼLONLAR
1. Foydalanuvchi tomonidan Veb-saytga pullik Eʼlonni joylashtirilishi, foydalanuvchi quyidagilarni qoʻlga kiritganidan keyin amalga oshadi:
a. belgilangan qiymat boʻyicha 1 (bitta) Eʼlonni;
b. 1 (bitta) Eʼlonni pullik xizmatlar toʻplami bilan birgalikda – 5-ilova “Start, Premium va Mega to'plamlari”ga muvofiq 1 (bitta) Premium-eʼlon;
c. 5-ilova “Start, Premium va Mega to'plamlari”ga muvofiq Veb-sayt taklif etayotgan Reklama toʻplami. E'tibor bering! Agarda limitdan foydalanishdan oldin e'lon paketini sotib olgan taqdirda, pullik paket birinchi navbatda ishlatiladi.
2. Eʼlonlar toʻplamini yoki bitta Eʼlonni veb-saytda mavjud boʻlgan tegishli shakl orqali sotib olish mumkin.
3. Foydalanuvchining Eʼlonlar paketini sotib olishi, ushbu foydalanuvchiga “Biznes-foydalanuvchi” maqomini berishga olib keladi.
OLX, Foydalanuvchining veb-saytidagi faoliyatini tahlil qilish asosida, Foydalanuvchi eʼlon nashr qilganda oʻzini qaysi kategoriyaga mansub deb bilishidan qatʼi nazar, Foydalanuvchini “Biznes-foydalanuvchi” kategoriyasida tasniflash huquqiga ega. Foydalanuvchini “Biznes-foydalanuvchi” toifasiga kiritish uchun, foydalanuvchining harakatlarida quyidagi belgilarning biri boʻlishi kifoya:
a.eʼlon joylashtirishda professional fotosuratlardan (stokli fotosuratlaridan) foydalanish;
b. eʼlon matnida veb-sayt / veb-sayt sahifasiga havolaning mavjudligi;
c. eʼlon matnida boshqa modelni tanlash imkoniyati, tovarning assortimenti, tovarning har xil oʻlchamlari mavjudligi, tovarga buyurtma berish imkoniyati, Foydalanuvchi tomonidan tovarga kafolat berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
OLX Foydalanuvchini Qoidalarning mazkur bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirgani uchun tegishli kategoriyalar/kichik kategoriyalarda “Biznes-foydalanuvchi” toifasiga kiritadi; qolgan barcha kategoriyalar/kichik kategoriyalarda Foydalanuvchi “Biznes-foydalanuvchi” maqomiga ega boʻlmaydi.
4. Servisda pullik Eʼlonlarni faollashtirish, toʻlovni OLXning hisob raqamiga tushish paytidan amalga oshadi.
5. Eʼlonlar toʻplamiga 5-ilova “Start, Premium va Mega toʻplamlar”da koʻrsatilgan Pullik xizmatlar ham kiradi.
7. EʼLONLARNI RIVOJLANTIRISH XIZMATLARI
1. Eʼlonning jozibadorligini oshirish uchun Foydalanuvchi, Eʼlonni koʻtarish, “Top-eʼlon” va “VIP-eʼlon” xizmatlari shaklidagi pullik rivojlantirish xizmatlaridan foydalanishi mumkin, bu 2-ilova “Rivojlantirish xizmatlari” da batafsil tavsiflangan.
2. Eʼlonni joylashtirish yoki namoyish qilish paytida Foydalanuvchi har qanday Rivojlantirish xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
3. Eʼlonlarni rivojlantirish boʻyicha xizmatlar va toʻplamlar bitta Eʼlon uchun amal qiladi, yaʼni turli xil eʼlonlar uchun bunday xizmatlar toʻplamidan foydalanish mumkin emas.
4. Rivojlantirish xizmatlari, 2-ilova “Rivojlantirish xizmatlari”ning 2-bandida koʻrsatilganidek, paketlarda ham mavjud. Rivojlantirish xizmatlari paketini faollashtirish, paketga kiritilgan rivojlantirish xizmatlaridan Foydalanuvchi foydalanishni boshlaganda sodir boʻladi. Qoidalar, paketga kiritilgan rivojlantirish xizmatlari uchun ham taʼluqli.
5. OLX eʼlon yoki uning pozitsiyasiga qiziqishning haqiqiy o'sishi sifatida tushuniladigan Rivojlantirish xizmatlarining samaradorligi uchun javobgar emas.
8. TOʻLOV
1. Veb-saytda Foydalanuvchiga tanlangan Pullik xizmatlarning joriy narxi toʻgʻrisida vizual axborot beriladi. Veb-saytda koʻrsatilgan barcha narxlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi – “soʻm”da koʻrsatilgan brutto narxlardir (qoʻshimcha qiymat soligʻi bilan). Pullik xizmatlar narxlari (tariflari) oʻzgarishi toʻgʻrisida OLX ularni Veb-saytda eʼlon qilish yoʻli bilan, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa ommaviy axborot vositalarida ham, ular qoʻllanilishidan kamida 15 (oʻn besh) kalendar kun oldin xabardor qiladi. Yangi narxlar (tariflar) ular joriy etilgunga qadar toʻlangan Pullik xizmatlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
2. Servis doirasida amalga oshiriladigan toʻlovlar oldindan toʻlov koʻrinishida – ushbu Pullik xizmatga buyurtma berish uchun zarur boʻlgan toʻliq hajmda, taqdim etilishidan oldin – OLX tomonidan taqdim etilgan toʻlov shakllaridan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
3. Pullik xizmatni taqdim etish, ushbu Pullik xizmat uchun toʻliq toʻlov OLXning hisob raqamiga tushgandan soʻng boshlanadi.
4. Foydalanuvchi oʻz ixtiyoriga koʻra OLX hisob raqamidagi toʻlov koʻrsatmalariga rioya qilgan holda, ushbu xizmatni tanlash jarayonida taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiq, mavjud toʻlov usullaridan biri yordamida toʻlovni amalga oshirishi mumkin.
5. Har qanday toʻlov usullaridan foydalanish (OLX hisob raqamidan toʻlovlar bundan mustasno) ushbu toʻlov xizmati koʻrsatuvchisi bilan alohida huquqiy munosabatlarni oʻrnatishni va uning qoidalarini qabul qilishni talab qiladi. OLX bunday munosabatlarning ishtirokchisi boʻlmay, ularning mazmuni yoki amalga oshirilishiga aralashish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Toʻlov bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelganda, foydalanuvchi shubhalarni aniqlash yoki shikoyat yuborish uchun tegishli operatorga murojaat qilishi kerak. Biroq, istisno holatlarda, texnik va tashkiliy imkoniyatlar doirasida OLX foydalanuvchiga muammoni aniqlashda yordam berishi mumkin. OLX tashqi xizmat yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan toʻlov xizmatlari uchun javobgar emas.
6. Topshirish-qabul qilish dalolatnomalari jismoniy shaxs – tadbirkorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar) yoki yuridik shaxslar boʻlgan Biznes-foydalanuvchilarga, faqat toʻlov provayderlari xizmatlaridan foydalanmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri OLXga hisob-faktura asosida toʻlov amalga oshirilgan taqdirda taqdim etilishi mumkin.
7. Foydalanuvchi tomonidan olib tashlanganligi sababli Eʼlon namoyish etilishi muddatidan oldin toʻxtatilgan boʻlsa, agar Pozitsiya sotilgan boʻlsa yoki Foydalanuvchi eʼlon mavzusini, dastlab koʻrsatilmagan boshqa Pozitsiya koʻrsatiladigan tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, ushbu Eʼlon joylashtirilishi va tegishli Pullik xizmatlarni uchun foydalanilmagan muddat uchun olinadigan toʻlov, qaytarib berilmaydi.
8. Qonunni yoki ushbu Qoidalarni buzadigan, xususan notoʻgʻri Kategoriyaga qoʻshilgan, bir-biriga oʻxshash yoki takrorlanadigan, koʻp marta takrorlanadigan (spam), tajovuzkor yoki pornografik xarakterdagi materiallar, firibgarlikka urinishlar, mualliflik huquqini buzadigan eʼlonlar oʻchiriladi va Eʼlon joylashtirilishi uchun olinadigan va ushbu Eʼlon bilan bogʻliq Pullik xizmatlar uchun toʻlovlar Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga (“Qaytarishlar” hisobi) qaytariladi. Foydalanuvchining iltimosiga binoan toʻlov summasi toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov amalga oshirilgan bank hisob raqamiga qaytarilishi mumkin. Agar Eʼlon Veb-saytga joylashtirilganidan keyin olib tashlansa, Foydalanuvchidan Eʼlon Veb-saytdan olib tashlangunga qadar koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olinadi. Agar Eʼlon Veb-saytga joylashtirilganidan keyin tahrirlash imkoniyati bilan olib tashlansa, ushbu E’lon bilan bog‘liq Pullik xizmatlar uchun olingan pul mablag‘lari qaytarilmaydi, chunki Foydalanuvchi qoidabuzarliklarni bartaraf etib E’lonni faollashtirganidan so‘ng Pullik xizmatdan uning amal qilish muddati davomida foydalanishi mumkin.
9. Bank hisob raqamiga mablagʻlarni qaytarish, Foydalanuvchi oʻzining OLX hisob raqamini toʻldirgan toʻlov sherigi orqali amalga oshiriladi. Mablagʻ qaytarilishi faqat OLX hisob raqamiga mablag kiritilgan oy ichida (01 dan 25-sanagacha, shu jumladan) amalga oshirilishi mumkin.
10. To‘g‘ri taqdim etilgan xizmatlar uchun mablag‘lar qaytarilmaydi. Agar OLX to‘g‘ri taqdim etilgan xizmatlar uchun pul mablag‘larini qaytarish imkoniyatini topsa, bunday mablag‘lar har qanday holatda ham har 6 (olti) oyda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda bitta Hisob qaydnomasiga qaytarilishi mumkin.
9. OLX HISOB RAQAMI XIZMATI
1. OLX hisob qaydnomasi doirasida Foydalanuvchi OLX hisob raqami xizmatidan bepul foydalanishi mumkin, bu buyurtma qilingan Pullik xizmatlar uchun OLX bilan hisob-kitoblarni osonlashtiradi. Shubhalarni keltirib chiqarmaslik uchun, OLX hisob raqami xizmati toʻlov xizmati emasdir va OLX hisob raqamiga oʻtkazilgan birliklar toʻlov xizmatlarini koʻrsatish qoidalari kontekstida elektron pullar emasdir.
2. OLX hisob raqamidan foydalanish quyidagi qoidalarga boʻysunadi:
a. Foydalanuvchi Servisda keltirilgan maʼlumotlarga muvofiq OLXning hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi – “soʻm”da mablag kiritish orqali OLX hisob raqamiga depozit qoʻyishi kerak;
b. Toʻlov OLX hisob raqamiga oʻtkazilgandan soʻng, OLX ushbu Foydalanuvchining OLX hisob raqamiga toʻlangan miqdorga teng miqdordagi birliklarni beradi. Ushbu miqdor Foydalanuvchining har bir operatsiyasidan soʻng uning miqdorini oʻzgartirishga olib keladigan doimiy ravishda yangilanadi (hisobni toʻldirish OLX hisob raqamidagi birliklar sonining koʻpayishiga olib keladi), maʼlum Pullik xizmat uchun toʻlov OLX hisob raqamidagi birliklar miqdorining pasayishiga olib keladi);
c. Foydalanuvchi oʻzining OLX hisob raqamiga biriktirilgan mablagʻlarni Hisob qaydnomasi mavjud boʻlgan butun muddat davomida, Hisob qaydnomasi faol holda boʻlishi sharti bilan, toʻliq tasarruf etishi mumkin;
d. Maʼlum bir Pullik xizmat uchun toʻlovlar OLX hisob raqamidan amalga oshirilgan taqdirda, OLX Foydalanuvchining OLX hisob raqamidan maʼlum bir Pullik xizmatni taqdim etish uchun tegishli mablagʻni ushlab qoladi(balansni kamayishi).
3. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar va depozitlarni hisobga olgan holda OLX hisob raqamiga qoʻyilgan mablagʻni OLX hisob raqamining qoldigʻidan oshmaydigan har qanday miqdorda qaytarilishini talab qilishi mumkin. Ushbu soʻrov qayta aloqa shakli orqali yuboriladi.
4. OLX hisob raqamidan mablagʻlarni qaytarish, ortiqcha kechiktirishlarsiz, ularni Qoidalarning 8.9-bandi qoidalariga rioya qilgan holda toʻlov amalga oshirilgan bank hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. OLX hisob raqamidan pulni qaytarib berish toʻgʻrisidagi talabnoma reklama aksiyalari va tanlovlar doirasida Hisob qaydnomasiga oʻtkazib berilgan bonuslarga, shuningdek 5-ilova “Start, Premium va Mega toʻplamlar”ga muvofiq Premium paketlarda mavjud boʻlgan bonuslarga taalluqli emas. Reklama ballari har safar alohida aksiya oʻtkazish qoidalariga muvofiq beriladi va ular hisoblangan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kun davomida amal qiladi. Ulardan aksiyalarni oʻtkazishning koʻrsatilgan qoidalariga muvofiq foydalanish mumkin.
10. FOYDALANUVCHILARNING NOQONUNIY VA QOIDALARGA ZID HARAKATLARI
1. Foydalanuvchi Servisdan maqsadga muvofiq ravishda, qonunlarga va axborot jamiyatida qabul qilingan odob qoidalariga rioya qilib, oʻzga shaxslarning huquqlari va manfaatlarini hurmat qilgan holda foydalanish huquqiga ega. Xususan, foydalanuvchi quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi:
a. Servisning normal faoliyatiga xalaqit beradigan harakatlarni, shu jumladan Servis, oʻzining Hisob qaydnomasi yoki boshqa foydalanuvchilar Hisob qaydnomalari tarkibiga yoki Servis ning axborot-texnik elementlariga aralashmaslikni;
b. noqonuniy xatti-harakatlar qilmaslik, shu jumladan Servisning funksional imkoniyatlaridan, qonunlarni va shaxsiy huquqlarni buzadigan materiallarni, terroristik xususiyatli, bolalar pornografiyasini oʻz ichiga olgan yoki tarqatadigan, boshqa shaxslarning intellektual mulk huquqlarini buzadigan, shuningdek kamsituvchi yoki irqchilik tabiatli kontentni yuborish yoki nashr etish uchun foydalanmaslik;
c. 4-ilova “Taqiqlangan va shartli ravishda ruxsat berilgan pozitsiyalar”da keltirilgan Pozitsiyalarni sotish (yoki shunga oʻxshash taʼsirga ega boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshirishda) uchun Veb-saytning funksional imkoniyatlaridan foydalanmaslik, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq sotish istisno qilingan holda boshqa Pozitsiyalarni, shuningdek oʻgʻirlangan yoki yuridik yoki maʼmuriy nizoga sabab boʻlgan Pozitsiyalar yoki ijro ishlari olib boriladigan, bankrotlik yoki qayta tashkil etiladigan Pozitsiyalarni 4-ilovada keltirilgan shartlarni bajarmasdan sotmaslik;
d. Servis foydalanuvchilari va OLXni chalgʻitmaslik, masalan, Pozitsiya toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumot berish yoki tegishli maʼlumotlarni yashirish;
e. firibgarlik harakatlardan, Servisning funksionalligini suisteʼmol qilishdan, Servisdan maqsadlari va Qoidalarga zid ravishda foydalanishdan saqlanish;
f. Qoidalarning 2.3-bandini buzgan holda Veb-saytga avtomatlashtirilgan tarzda kirmaslik, Veb-sayt foydalanuvchilarining Kontenti va maʼlumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda yigʻmaslik, ajratib olmaslik, takrorlamaslik va qayta foydalanmaslik, shuningdek boshqa Foydalanuvchilarning aloqa maʼlumotlaridan muayyan Eʼlon boʻyicha aloqa bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanmaslik;
g. Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirishni amalga oshirmaslik (Qoidalarning 10.14-bandi).
2. Foydalanuvchi Qoidalarning 10.1-bandida sanab oʻtilgan majburiyatlarni Servisdan foydalanishning har bir bosqichida, har bir taklif qilingan funksionallikga nisbatan, shu jumladan Eʼlonlarni nashr qilish va boshqa Foydalanuvchilarga xabarlar yuborish holatlarida bajarishi shart.
3. Veb-saytda biron bir kontentni nashr etish yoki uzatish Veb-sayt interfeysi yordamida va OLX ishtirokisiz avtomatik ravishda amalga oshiriladi. OLX Veb-sayt funksiyalari yordamida uzatilgan barcha kontentni avtomatik ravishda tekshirmaydi.
4. Foydalanuvchi Veb-saytga joylashtirilgan Eʼlonining mazmunini oʻzgartirgan taqdirda, OLX Qoidalarga mos kelmaydigan kontentni tahrirlash yoki eʼlonni olib tashlash huquqiga ega. Bunday tahrirlash faqat Qoidalarning 4.4 (f) va (k) kichik bandlari talablariga mos kelmaydigan elementlarni oʻchirish, yashirish yoki oʻzgartirish bilan cheklanadi va Pozitsiya tavsifi qismidagi Eʼlon mazmuniga daxl qilmaydi. OLX tomonidan ushbu huquqning amalga oshirilishi Qoidalarning 4.3-bandi bilan tartibga solinadi.
5. Servisdan foydalanuvchi har qanday shaxs OLXga Servis funksiyalari yordamida tarqatilayotgan har qanday noqonuniy yoki Qoidalarga va ularning bandlariga zid boʻlgan kontent toʻgʻrisida xabar berish imkoniyatiga ega. Buning uchun Eʼlon ostida “Shikoyat” funksiyasi mavjud. Xabar yuborgan shaxs (bundan buyon – “Xabar beruvchi”) imkon darajasida OLXga suiisteʼmol qilish toʻgʻrisidagi xabarni tekshirishga imkon beradigan maʼlumotlarni, shu jumladan, eʼlon IDsini, nima uchun kontent noqonuniy yoki Qoidalarga zid deb hisoblashi haqidagi tushuntirishlarini, xohishiga koʻra, oʻzining aloqa maʼlumotlarini taqdim etishi kerak.
6. Servis funksiyalari yordamida yuborilgan yoki nashr etilgan kontent noqonuniy ekanligi yoki Qoidalar bandlarini buzganligi toʻgʻrisida ishonchli xabar (suiisteʼmol qilish toʻgʻrisidagi xabar asosida yoki boshqa biron bir tarzda) olingan taqdirda, OLX quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
a. zudlik bilan ushbu kontentni, shu jumladan, Eʼlonni, shuningdek tegishli Rivojlantirish xizmatlarini bloklab qoʻyishni. Blokirovka qilingan taqdirda kontent, Foydalanuvchi hisob qaydnomasi panelida Servisdan foydalanadigan shaxslar uchun koʻrinmaydigan yoki unga kirish imkonisiz boʻladi;
b. mutanosib va oqilona harakat qilgan holda, masalan, Xabar beruvchi, kontent-yetkazib beruvchisi, vakolatli organ yoki tashqi maslahatchi bilan bogʻlanish orqali ishning dalillarini aniqlash uchun tegishli tekshiruvlarni oʻtkazishni;
c. aniq bir kontent bloklangan taqdirda, blokirovka kuchga kirgunga qadar, ushbu kontentni etkazib beruvchisiga elektron pochta orqali bloklangan kontentni, uni blokirovka qilish toʻgʻrisidagi qaror sabablarini koʻrsatgan holda maʼlumot berish bilan Qoidalarga asoslanib qabul qilingan qarorni asoslashni;
d. vakolatli davlat organining bildirishnomasi tufayli qonunning majburiy qoidalari yoki davlatning, odamlarning hayoti, sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash zarurligi sababli ushbu bandda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oshkor qilinmasligi talab etilsa, 10.6(c)-bandning qoidalari qoʻllanilmaydi.
7. Foydalanuvchi Servis funksiyalaridan foydalangan holda oʻzi tomonidan uzatilgan yoki nashr etilgan kontentni blokirovka qilish toʻgʻrisidagi qarorni OLX tomonidan blokirovka qilish toʻgʻrisida maʼlumot berilishiga qarshi chiqib, eʼtiroz bildirish huquqiga ega. Shikoyatni koʻrib chiqilishi jarayonini tartibga soluvchi qoidalar tegishli ravishda qoʻllaniladi.
8. Agar 10.7-bandda koʻrsatilgan eʼtiroz asosli deb topilsa yoki ushbu kontent Qoidalarining noqonuniyligi yoki qarama-qarshiligini oqlaydigan holatlarga nisbatan shubhalar yoʻq boʻlsa:
a. bloklangan kontent qayta tiklanadi, shundan soʻng u Hisob qaydnomasida, Eʼlon nusxasi shaklida mavjud boʻladi. Foydalanuvchi uni Servis orqali nashr qilishi mumkin;
b. agar Eʼlonga Pullik xizmatlardan biri taʼluqli boʻlsa, Eʼlonni joylashtirish va ushbu Eʼlon bilan bogʻliq Pullik xizmatlar uchun ilgari toʻlangan toʻlov Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga (“Qaytarishlar” hisobi) qaytariladi. Pul mablagʻlarini qaytarish xizmat koʻrsatilmagan soatlar uchun amalga oshiriladi. Qaytarilishi kerak boʻlgan mablaglar miqdorini hisoblash uchun astronomik soat qabul qilinadi, pulni qaytarish xizmat fakt boʻyicha koʻrsatilmagan soatlar uchun amalga oshiriladi. Foydalanuvchining talabiga binoan, toʻlov summasi Qoidalarning 8.9-bandiga rioya qilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov amalga oshirilgan bank hisob raqamiga qaytarilishi mumkin.
9. Agar 10.7-bandda koʻrsatilgan eʼtiroz asossiz deb hisoblansa yoki Foydalanuvchi 10.6(c)-bandda koʻrsatilgan maʼlumotlarni olgandan keyin 7 (yetti) kun ichida eʼtiroz bildirmasa:
a. bloklangan kontent Veb-saytdan butunlay olib tashlanadi;
b. agar belgilangan kontentga Pullik xizmatlardan biri taʼluqli boʻlsa, Eʼlonni joylashtirish va ushbu Eʼlon bilan bogʻliq Pullik xizmatlar uchun ilgari toʻlangan toʻlov Foydalanuvchining Hisob qaydnomasiga (“Qaytarishlar” hisobi) qaytariladi. Pul mablagʻlarini qaytarish xizmat koʻrsatilmagan soatlar uchun amalga oshiriladi. Qaytarilishi kerak boʻlgan mablaglar miqdorini hisoblash uchun astronomik soat qabul qilinadi, pulni qaytarish xizmat fakt boʻyicha koʻrsatilmagan soatlar uchun amalga oshiriladi. Foydalanuvchining talabiga binoan, toʻlov summasi Qoidalarning 8.9-bandiga rioya qilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov amalga oshirilgan bank hisob raqamiga qaytarilishi mumkin.
10. Agar Servis doirasidagi boshqa foydalanuvchilar xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlar Eʼlon yoki Hisob qaydnomasi orqali sodir boʻlishi mumkinligiga shubha boʻlsa, shuningdek, Eʼlonni OLX obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatsa yoki boshqacha zarar yetkazsa, OLX Eʼlonni olib tashlash yoki Hisob qaydnomasini blokirovka qilishga haqlidir.
11. Servisdan foydalanish jarayonida jiddiy qonun buzilishi, shuningdek, Qoidalarning jiddiy yoki takroriy buzilishi holatlarida, xususan, maʼlum bir Foydalanuvchi yoki birgalikda kelishuv asosida harakat qilgan Foydalanuvchilar tomonidan, turli Hisob qaydnomalaridan foydalanishni ham oʻz ichiga olgan noqonuniy kontentni nashr etishga yoki tarqatishga takroran urinishlar sodir boʻlganda, OLX mutanosiblik va axborot tarqatish erkinligini hurmat qilish prinsiplariga muvofiq, Hisob qaydnomasining amal qilishini toʻxtatib qoʻyishi yoki Hisob qaydnomasini (Hisob qaydnomalarini) bloklashi mumkin, bunda:
a. Hisob qaydnomasi amal qilishini toʻxtatib turish uning ishlashini vaqtincha toʻxtatib turishni anglatadi. Hisob qaydnomasi toʻxtatib qoʻyilgan Foydalanuvchi Servisdan faol foydalanish imkoniyatini yoʻqotadi, yaʼni uning funksiyalari yordamida xabarlar yuborish, Eʼlon nashr qilish yoki Bitimlarni amalga oshirish imkonini yoʻqotadi. Biroq Foydalanuvchi Servisni, xabarlar tarixini va nashr qilingan Eʼlonlarni koʻrishi, shuningdek OLX hisob raqamiga mablagʻ kiritishi mumkin, ammo kiritilgan mablagʻlarni qaytarish uchun Foydalanuvchi qayta aloqa shakli orqali mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi kerak.
b. Hisob qaydnomasining bloklanishi Foydalanuvchi unga kirish imkoniyatini yoʻqotishini anglatadi va Hisob qaydnomasining OLX tashabbusi bilan oʻchirilishiga olib keladi. OLX hisob raqamidagi pul mablagʻlari qoldigʻi va koʻrsatilishi boshlanmagan, foydalanilmagan toʻlangan Pullik xizmatlar qiymati Foydalanuvchiga Qoidalarning 8.9 va 9.3–9.4-bandlarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
12. Muayyan kontentni blokirovka qilish holatlarida, blokirovka kuchga kirgunga qadar, bu haqda Foydalanuvchiga elektron pochta orqali (elektron pochta orqali Servisda roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun) bloklangan kontent, bloklash sabablari koʻrsatilgan holda, Qoidalardan kelib chiqadigan asoslar bilan xabar yetkaziladi. Telefon raqami bilan roʻyxatdan oʻtgan Foydalanuvchiga push-xabarnomasi orqali xabar beriladi, yuqoridagi barcha maʼlumotlar bunday foydalanuvchi uchun Hisob qaydnomasida mavjud boʻladi.
13. Shubhalarga yoʻl qoʻymaslik uchun: Qoidalarning 10.6 yoki 10.11-bandlarida koʻrsatilgan vaziyatlarda Foydalanuvchi tomonidan eʼtiroz bildirilishi yoki bildirilmasligi uning Qoidalarning 12-boʻlimiga muvofiq shikoyat berish huquqiga taʼsir qilmaydi.
14. Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish
14.1. OLX barcha Foydalanuvchilar uchun Veb-saytdan foydalanishning teng va kamsitishlarsiz shartlarini, shuningdek unda joylashtiriladigan axborotning ishonchliligini taʼminlashga intiladi. Bu, xususan, quyidagilarni anglatadi:
a. Eʼlonning qidiruv natijalari va Eʼlonlar roʻyxatlaridagi oʻrni Qoidalarning 2.12-bandida tavsiflangan, barcha Foydalanuvchilar uchun yagona boʻlgan qoidalar asosida, sotib olingan Rivojlantirish xizmatlarini hisobga olgan holda belgilanadi;
b. reytinglar va sharhlar Foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning haqiqiy tajribasini aks ettiradi;
c. Eʼlonlar va Hisob qaydnomalarining koʻrsatkichlari (koʻrishlar, murojaatlar soni va boshqa koʻrsatkichlar) Veb-saytning haqiqiy foydalanuvchilari harakatlari natijasida shakllanadi.
14.2. Ushbu bandning qoidalari vijdonli Foydalanuvchilar va Mehmonlarni chalgʻitishdan himoya qilishga hamda Foydalanuvchilar oʻrtasida halol raqobatni saqlashga qaratilgan. Ular Foydalanuvchining oʻz Eʼlonlarini Qoidalarda nazarda tutilgan usullar bilan, shu jumladan Rivojlantirish xizmatlari yordamida targʻib qilish, shuningdek oʻz takliflarini boshqa resurslarda joylashtirish huquqini cheklamaydi.
14.3. Foydalanuvchilar va Mehmonlarga mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar orqali Eʼlonlar va Hisob qaydnomalarining koʻrsatkichlarini sunʼiy oʻzgartirishga yoki boshqa Foydalanuvchilarga nisbatan asossiz ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlarni (bundan buyon – “Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish”) amalga oshirish taqiqlanadi, shu jumladan:
a. Eʼlonlar va Hisob qaydnomalarining koʻrishlar, koʻrsatishlar, aloqa maʼlumotlariga oʻtishlar, xabarlar, saralanganlarga qoʻshishlar sonini va boshqa koʻrsatkichlarini sunʼiy oshirish yoki kamaytirish, shu jumladan dasturlar, botlar, skriptlar, emulyatorlar, qurilmalar yoki SIM-kartalar fermalari, proksi-serverlar va avtomatlashtirish yoki yashirishning boshqa vositalaridan foydalangan holda, shuningdek uchinchi shaxslarni haq evaziga jalb qilish yoʻli bilan;
b. boshqa Foydalanuvchilarga, shu jumladan raqobatchilarga nisbatan bila turib yolgʻon salbiy reytinglar va sharhlar qoldirish, shuningdek bila turib asossiz suiisteʼmol qilish toʻgʻrisidagi xabarlarni (Qoidalarning 10.5-bandi) yuborish;
c. Qoidalarning 3.3-bandini buzgan holda bir nechta Hisob qaydnomalarini yaratish va ulardan foydalanish, boshqa shaxslarning Hisob qaydnomalari yoki telefon raqamlaridan, virtual va vaqtinchalik raqamlardan foydalanish, shuningdek Hisob qaydnomalarini sotib olish, sotish, ijaraga berish yoki boshqa usulda oʻtkazish, shu jumladan Limitlar, Pullik xizmatlar uchun toʻlov, OLX tomonidan belgilangan cheklovlar va bloklashlarni chetlab oʻtish uchun;
d. Eʼlonni Rivojlantirish xizmatlaridan foydalanmasdan roʻyxatda sunʼiy koʻtarish maqsadida bir xil yoki oʻxshash Eʼlonlarni takroran joylashtirish, Eʼlonni oʻchirib, qayta nashr etish, uning mazmuni yoki parametrlarini oʻzgartirish;
e. Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish xizmatlarini taklif qilish, reklama qilish yoki koʻrsatish, shu jumladan Veb-saytning funksional imkoniyatlaridan foydalangan holda;
f. boshqa Foydalanuvchilarni yoki OLXni Eʼlon yoxud Foydalanuvchining ommabopligi, obroʻsi yoki ishonchliligi borasida chalgʻitishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
14.4. OLX Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirishni Foydalanuvchilar harakatlarini, ular foydalanadigan qurilmalar va tarmoq trafigini tahlil qilishning avtomatlashtirilgan vositalari yordamida, shuningdek suiisteʼmol qilish toʻgʻrisidagi xabarlar asosida aniqlashga haqli.
14.5. Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish aniqlanganda OLX Hisob qaydnomasini, shuningdek ayni shu shaxs yoki birgalikda harakat qilayotgan shaxslar foydalanayotgan barcha Hisob qaydnomalarini Qoidalarning 10.11-bandida nazarda tutilgan tartibda bloklashga haqli.
14.6. Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish aniqlangan Eʼlon yoki Hisob qaydnomasiga nisbatan Qoidalarning 10.14.5-bandida nazarda tutilgan chora qoʻllanilgunga qadar koʻrsatilgan Pullik xizmatlar qiymati qaytarilmaydi.
14.7. Foydalanuvchi qarorni Qoidalarning 10.7-bandida nazarda tutilgan tartibda eʼtiroz bildirish yoʻli bilan nizolashishga haqli.
14.8. Koʻrsatilgan choralarning qoʻllanilishi OLXni Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish va vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
11. REYTINGLAR VA SHARHLAR
1. Servis doirasida Reyting va sharhlar tizimi koʻzda tutilgan boʻlib, bu Foydalanuvchiga Biznes-foydalanuvchi boʻlgan Sotuvchilarga, oʻzlarining bunday sotuvchiga boʻlgan tranzaksion tajribalari yuzasida subyektiv baho berishlariga imkon beradi. Tranzaksiya tajriba, xususan, quyidagicha tushuniladi: Foydalanuvchilarga Pozitsiyaning aniq va ishonchli tavsifini taqdim etish, Foydalanuvchilar oʻrtasidagi aloqa shakli va uslubi, javobgarlik, tushunchaga egalik darajasi, sotib olingan Pozitsiyani yuborish va yetkazib berish vaqti, punktuallik. Baholash uchun asos Bitim yoki Foydalanuvchilar oʻrtasida Veb-sayt chatidagi yozishmalar va muayyan Eʼlon boʻyicha oʻzaro munosabatni tasdiqlash imkonini beradigan boshqa oʻzaro aloqalar hisoblanadi.
2. Reyting Veb-saytda koʻrsatilgan tartibda, shaklda, muddatlarda va kategoriyalarda beriladi. Reyting Veb-saytda Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan barcha reytinglarning oʻrtacha darajasi asosida 1 (bir) dan 10 (oʻn) gacha boʻlgan shkala boʻyicha verguldan keyin bir xona aniqligida Foydalanuvchining Eʼlonlarida taqdim etiladi.
3. Tavsifiy sharh faqatgina ushbu sharh qoldirilgan Foydalanuvchi uchun, uning Hisob qaydnomasida koʻrinadi. Bundan tashqari, bunday sharh OLX uchun Foydalanuvchilarning harakatlarini tekshirishda yordamchi rol oʻynaydi.
4. Agar Foydalanuvchiga bitta Foydalanuvchi tomonidan bir nechta reyting berilgan boʻlsa, faqatgina oxirgi qoldirilgan reyting Foydalanuvchining oʻrtacha reytingiga kiritiladi.
Sharh amaldagi qonunchilik qoidalarini buzishi mumkin emas va quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
haqoratli soʻzlarni, behayo va pornografik kontentni yoki nafrat, irqchilik;
ksenofobiya va etnik mojarolarni keltirib chiqaradigan kontentni;
veb-saytlar manzillarini yoki boshqa veb-saytlarga havolalarni;
reklama kontentini, boshqa tijorat kontentini;
Foydalanuvchilar yoki boshqa jismoniy shaxslarning maʼlumotlarini, shu jumladan, lekin faqat emas: ism va familiyasini, yashash joyini, telefon raqamini, manzilini, bankdagi hisob raqamini;
uchinchi shaxslarning huquqlariga, shu jumladan boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslarning intellektual mulk huquqlariga, shaxsiy huquqlariga, shu jumladan nomi va obroʻsiga zarar yetkazadigan kontentni;
reyting yoki sharhlarga taʼsir oʻtkazish maqsadida boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslar bilan tuzilgan kelishuv natijasi boʻlgan kontent;
yolgʻon, tuhmat qiluvchi, adolatsiz raqobatni oʻz ichiga olgan kontent.
5. OLX Foydalanuvchining oʻrtacha reytingiga taqdim etilgan reytingni kiritmaslikka yoki reyting yoki sharhni quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman olib tashlashga haqlidir:
baholanayotgan Foydalanuvchi boʻlmagan Foydalanuvchiga tegishli boʻlsa;
Foydalanuvchi tomonidan oʻzi uchun taqdim etilsa;
Foydalanuvchining xodimlari, qarindoshlari yoki boshqa yaqin shaxslari tomonidan taqdim etilsa.
Foydalanuvchi bilan aloqa qilish natijasida faqatgina reyting va / yoki baho berish maqsadida taqdim etilsa (masalan, Foydalanuvchiga ishonch darajasini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish);
faqat shunday roʻyxatdan oʻtish uchun yaratilgan elektron pochta manziliga roʻyxatdan oʻtkazilgan Hisob qaydnomasidan taqdim etilsa;
joylashtirishni avtomatlashtirish yoki tarmoq trafigini tahlil qilishdan qochadigan yechimlardan foydalangan holda joylashishni koʻrsatadigan tarzda taqdim etilgan boʻlsa;
Koʻrsatkichlarni sunʼiy oshirish natijasida olingan boʻlsa (Qoidalarning 10.14-bandi);
boshqa uslubda Qoidalar shartlarini buzsa.
Reyting yoki sharh qoldirgan Foydalanuvchi OLXning uni chiqarib tashlash yoki oʻchirish toʻgʻrisidagi qaroriga Qoidalarning 12-boʻlimida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishga haqli.
6. Sharhning mazmuniga kelsak, Foydalanuvchi OLXga Qoidalarning 4.3-bandida va Qoidalarning boshqa tegishli bandlarida koʻrsatilgan shartlar asosida eksklyuziv boʻlmagan, geografik jihatdan cheklanmagan litsenziyani taqdim etadi. Litsenziya OLX tomonidan Foydalanuvchiga Servisdan bazaviy foydalanish imkoniyati va Hisob qaydnomasi funksionali taqdim etilganligi evaziga qarshi bajarish sifatida beriladi hamda OLXning narxi tariflar bilan belgilanadigan va Foydalanuvchi tomonidan alohida toʻlanadigan pullik xizmatlari uchun toʻlov hisoblanmaydi. Litsenziyaning berilishi Servisdan foydalanish sharti hisoblanadi.
12. SHIKOYAT QILISH TARTIBI
1. Agar Servis ishlashida, shu jumladan alohida texnik xizmatlarda biron bir nosozlik yuzaga kelsa, Foydalanuvchi yoki Mehmon birinchi navbatda muammoni aniqlash uchun kerakli maʼlumotlarni taqdim etib, qayta aloqa shakli orqali Mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi kerak.
2. OLX yuqori sifatli xizmatlarni koʻrsatish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradi. Yuqorida aytib oʻtilganlardan qatʼi nazar, OLX tomonidan Qoidalarda koʻzda tutilgan xizmatlari koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda Foydalanuvchi shikoyatni bepul yuborish huquqiga ega.
3. Shikoyatni elektron xabarnoma sifatida qayta aloqa shakli orqali yuborish yoki OLX manziliga xat yuborish orqali amalga oshirish mumkin.
4. Shikoyat oʻz ichiga kamida quyidagilarni olishi kerak: Foydalanuvchining ismi va familiyasini, Hisob qaydnomasiga biriktirilgan elektron pochta manzilini yoki Hisob qaydnomasiga biriktirilgan telefon raqamini (telefon raqami bilan roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun), Eʼlonning identifikatsiya raqamini, shikoyatni tasdiqlovchi holatlarni va Foydalanuvchi shikoyat bilan bogʻliq soʻrovini.
5. Shikoyatda keltirilgan maʼlumotlar yoki axborot uni koʻrib chiqishga imkon bermasa, OLX shikoyatni qabul qilishi kerak boʻlsa, OLX Foydalanuvchidan shubhalari yoki talablarini koʻrsatib, noaniq fikrlarni aniqlashtirishini yoki qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishini soʻraydi.
6. OLX shikoyatni qabul qilingan yoki Qoidalarning 12.5-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha maʼlumotlarni olgan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kalendar kun ichida koʻrib chiqadi. OLXning shikoyatga javobi, agar Foydalanuvchi shikoyatda koʻrsatilgan pochta manziliga javob yuborishni soʻramasa, Hisob qaydnomasiga biriktirilgan elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.
13. NIZOLARNI SUDGACHA HAL QILISH
1. Mijoz Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq isteʼmol nizosini sudgacha hal qilish tartibiga OLXga yoxud vakolatli davlat organiga (shu jumladan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat organiga) shikoyat berish orqali murojaat qilishi mumkin.
14. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
1. OLX quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda ushbu Qoidalarga oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi:
a. Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirishlar tashkiliy, huquqiy yoki texnik masalalar, shuningdek Pullik xizmatlarni koʻrsatish shartlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin;
b. Foydalanuvchiga har bir oʻzgartirish toʻgʻrisida Servis sahifasida maʼlumotlarni joylashtirish orqali, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa ommaviy axborot vositalarida ham maʼlumot beriladi. Ular Hisob qaydnomasiga toʻgʻri kirilganda koʻrinadi;
c. Oʻzgartirishlar OLX tomonidan belgilangan muddat ichida kuchga kiradi – agar amaldagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Qoidalardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab kamida 15 (oʻn besh) kalendar kundan keyin;
d. Oʻzgarishlar Foydalanuvchini sotib olingan Pullik xizmatlar bilan bogʻliq huquqlarini cheklashi yoki ulardan mahrum etishi mumkin emas. Qoidalarga oʻzgartirishlar kuchga kirgunga qadar sotib olingan Pullik xizmatlar ular toʻlangan paytda amalda boʻlgan shartlar asosida koʻrsatiladi.
2. Qoidalarning amaldagi tahrirdagi bandlari yangi Qoidalar kuchga kirgan kundan oldin amalda boʻlgan pullik xizmatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Qoidalarga tuzatishlarni qabul qilmaydigan Foydalanuvchi istagan vaqtida Veb-saytdan foydalanishni toʻxtatishga va Qoidalarning 3.10-bandida nazarda tutilgan tartibda Hisob qaydnomasini oʻchirishga haqli.
4. Agar qonunchilikning majburiy qoidalarida va Foydalanuvchi (Mehmon) va OLX oʻrtasidagi munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunining amal qilishi ustunlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi huquqi foydasiga tanlov Mijozni shartnoma boʻyicha ham, tanlov boʻlmaganda qoʻllaniladigan qonun boʻyicha ham chetga chiqib boʻlmaydigan qoidalar asosida unga berilgan himoyadan mahrum qilmaydi.
5. Servis doirasida OLX xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq barcha nizolar, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, OLX joylashgan yerdagi vakolatli davlat sudiga yuborilishi kerak.
6. Ushbu Qoidalarga qoʻshimchalar ularning ajralmas qismi sanaladi.
REKVIZITLAR
XK MChJ “OLX CLASSIFIEDS”
STIR: 205707447
Yuridik manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Nukus koʻchasi, 46-uy
Telegram-bot: @olxyordambot
Qayta aloqa shakli: https://www.olx.uz/contact/
Aloqa telefon raqami: +998783336446
2026-yil 5-noyabrda e’lon qilindi.