E'lonlar ro'yxati sahifasi yangilandi
E'lonlar ro'yxati sahifasi yangilandi va Top-e'lonlarni namoyish qilish mantig'iga o'zgarish kiritildi.
Ishonchimiz komilki, endi Top xizmati yanada samarali bo'ladi va kerakli tovarlarni qidirish yanada qulay bo'ladi.
 
O'zgarishlarni solishtiramiz:
OldinHozir
Top va oddiy e'lonlar alohida ro'yxati.
 
Top-e'lonlar oddiy e'lonlar ro'yxatidan yuqorida joylashgan. Top-e'lonlar ro'yxatida bir vaqtning o‘zida 5 tadan ortiq bo‘lmagan Top-e‘lonlar tasodifiy tartibda namoyish qilinadi.
Top va oddiy e'lonlar bitta umumiy ro'yxatda.
 
Umumiy ro'yxatda 3ta Top-e'londan tashkil topgan bloklar va tanlangan saralash turiga qarab 10ta oddiy e'londan tashkil topgan bloklar ketma-ket ko'rsatiladi

___.png

Oddiy e'lonlar ro'yxati tanlangan saralash turiga qarab tuziladi, masalan: Eng yangi, Eng arzon va h.k.

Standart sifatida ro'yxatlar "Tanlangan" saralash turida ko'rsatiladi:

ad_list_sorting_uz.png

Shu bilan birga, agar e'longa Top xizmati qo'llanilgan bo'lsa, u Top-e'lonlar blokida hamda oddiy e'lonlar blokida, o'z o'rnida (Top belgisi bilan) ko'rsatiladi.